https://oz.sputniknews.uz/20220725/tez-tibbiy-yordam-markaziga-yangi-direktor-tayinlandi--26509292.html
Tez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi
Tez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T17:54+0500
2022-07-25T17:54+0500
2022-07-25T17:54+0500
jamiyat
yangi tayinlov
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26509390_0:0:892:501_1920x0_80_0_0_0ac54c2db5eaf23e111eb9cab24675f3.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.Abduvoitjon G‘afurov 41 yoshda. U iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega. O‘z faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan.Ma’lumot uchun, hozirda tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali o‘z faoliyatini olib bormoqda.Eslatib o‘tamiz, 16-iyun kuni prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.Endilikda, 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentabrga qadar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar o‘z faoliyatini boshlaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26509390_0:0:892:669_1920x0_80_0_0_f8bd20a3f5570559f5a4d6b9a7796feb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi tayinlov, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, yangi tayinlov, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Tez tibbiy yordam markaziga yangi direktor tayinlandi
Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchisi bo‘ldi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Abduvoitjon G‘afurov Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib
tayinlandi. Abduvoitjon G‘afurov 41 yoshda. U iqtisodchi va dasturchi-muhandis mutaxassisligiga ega. O‘z faoliyati davomida qator xususiy sektor korxonalarida texnik, ijrochi va bosh direktor kabi rahbarlik lavozimlarida ish olib borgan.
Ma’lumot uchun, hozirda tez tibbiy yordam xizmati hamda tibbiy avtoxo‘jaliklar negizida Respublika tez tibbiy yordam markazi va uning 14 ta hududiy filiali o‘z faoliyatini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, 16-iyun kuni prezident tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.
Endilikda, 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentabrga qadar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar o‘z faoliyatini
boshlaydi.