So‘nggi olti yilda necha kishiga O‘zbekiston fuqaroligi berilgani ochiqlandi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSentr sodeystviya migrantam v Volgograde
Sentr sodeystviya migrantam v Volgograde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilda 295 nafar shaxsga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berilgan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. 2016 yilning dekabr oyidan hozirgi kunga qadar jami 23 ming 310 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Mamlakat prezidenti tegishli 97 ta farmonni imzolagan.
O‘zA ma’lumotlariga ko‘ra,
2016 yilda – 179 nafar;
2017 yilda – 1 064 nafar;
2018 yilda – 2 760 nafar;
2019 yilda – 6 318 nafar;
2020 yilda – 8 127 nafar;
2021 yilda – 4 567 nafar;
2022 yilda – 295 nafar shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan.
Eslatib o‘tamiz, 1992-yildan 2016-yilga qadar mamlakatda jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. Ya’ni, 1991-yildan 2007-yilga qadar respublikada jami 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga fuqarolik berilgan bo‘lsa, 2007-yildan 2016-yilning dekabr oyiga qadar fuqarolik hech kimga berilmagan.
Qayd etish joizki, prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 1995-yilga qadar O‘zbekistonga kelgan va shundan buyon mamlakatda muqim yashayotgan shaxslarga avtomatik tarzda fuqarolik beriladigan bo‘ldi. Natijada 50 mingga yaqin shaxslarning fuqarolik bilan bog‘liq, uzoq yillardan buyon yechilmay kelayotgan muammolari hal etildi. Bundan tashqari, vatandoshlarga fuqarolik berish tartibi soddalashtirildi.
Yangiliklar lentasi
0