https://oz.sputniknews.uz/20220725/rossiya-kiev-tayyorlayotgan-navbatdagi-provokatsiyadan-ogohlantirdi-26510661.html
Rossiya Kiyev tayyorlayotgan navbatdagi provokatsiyadan ogohlantirdi
Rossiya Kiyev tayyorlayotgan navbatdagi provokatsiyadan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Mudofaa vazirligi Slavansk aholisiga o‘zlarini zaharli moddalardan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishni tavsiya qilgan. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T18:18+0500
2022-07-25T18:18+0500
2023-04-05T18:38+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
kiyev
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26510444_0:59:3435:1991_1920x0_80_0_0_efdebc27174f7d1a3cdc9a3e35947af9.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kiyev rejimi navbatdagi provokatsiyani uyushtirib, Slavansk yog‘-moy zavodida 120 tonnadan ortiq geksanni portlatib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev ma’lum qildi. U Slavansk aholisini Kiyev kuchli zaharli moddalar yordamida provokatsiya tayyorlashni yakunlagani haqida ogohlantirdi.Rossiya Mudofaa vazirligi Slavansk aholisiga o‘zlarini zaharli moddalardan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishni tavsiya qiladi.“Geksanli konteynerlarning portlashi natijasida zaharli bulut hosil bo‘ladi, u 10 km dan ortiq masofaga tarqaladi. Slavanskning barcha turar-joylari va unga yaqin aholi punktlari kimoviy zarar zonasida bo‘ladi”, - dedi u.Rossiya Mudofaa vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylarining bunday harakatlarining o‘ziga xos hayosizligi shundan iboratki, ular jinoiy maqsadlarga erishish uchun Slavanskda yashovchi o‘n minglab o‘z fuqarolarini, shuningdek, Ukraina qurolli tuzilmalarining harbiy xizmatchilarini qurbon qilishga tayyor.RT: britaniyalik yollanma asir uni Buchaga jo‘natishgani haqida so‘zlab berdi
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26510444_352:0:3083:2048_1920x0_80_0_0_f93bd39411810a9ab595fc20a8998be9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kiyev, rossiya
Rossiya Kiyev tayyorlayotgan navbatdagi provokatsiyadan ogohlantirdi
18:18 25.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiya Mudofaa vazirligi Slavansk aholisiga o‘zlarini zaharli moddalardan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishni tavsiya qilgan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Kiyev rejimi navbatdagi provokatsiyani uyushtirib, Slavansk yog‘-moy zavodida 120 tonnadan ortiq geksanni portlatib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Milliy mudofaa nazorati markazi rahbari, general-polkovnik Mixail Mizinsev
ma’lum qildi. U Slavansk aholisini Kiyev kuchli zaharli moddalar yordamida provokatsiya tayyorlashni yakunlagani haqida ogohlantirdi.
“Yaqin kunlarda Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari yog‘-moy zavodida umumiy hajmi 120 tonnadan ortiq bo‘lgan kimoviy xavfli modda - geksan bilan konteynerlarni portlatishni rejalashtirmoqda”, - dedi Mizinsev.
Rossiya Mudofaa vazirligi Slavansk aholisiga o‘zlarini zaharli moddalardan himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rishni tavsiya qiladi.
“Biz Slavansk va unga yaqin aholi punktlari aholisiga zudlik bilan zaruriy himoya choralarini ko‘rishni tavsiya qilamiz. Bu provokatsiyadan maqsad, allaqachon ishlab chiqilgan ssenariyga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlari va Donesk Xalq Respublikasi tuzilmalarini potensial xavfli obyektlarga zarbalar berishda ayblash, keyin esa buni Ukraina va G‘arb ommaviy axborot vositalarida keng yoritishdir”, - dedi Mizinsev.
“Geksanli konteynerlarning portlashi natijasida zaharli bulut hosil bo‘ladi, u 10 km dan ortiq masofaga tarqaladi. Slavanskning barcha turar-joylari va unga yaqin aholi punktlari kimoviy zarar zonasida bo‘ladi”, - dedi u.
Rossiya Mudofaa vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Ukraina rasmiylarining bunday harakatlarining o‘ziga xos hayosizligi shundan iboratki, ular jinoiy maqsadlarga erishish uchun Slavanskda yashovchi o‘n minglab o‘z fuqarolarini, shuningdek, Ukraina qurolli tuzilmalarining harbiy xizmatchilarini qurbon qilishga tayyor.