https://oz.sputniknews.uz/20220725/rossiya-fondida-avval-yoqolgan-deb-hisoblangan-100--ta-ozbek-multfilmi-topildi-26501250.html
Rossiya fondida avval yo‘qolgan deb hisoblangan 100 ta o‘zbek multfilmi topildi
Rossiya fondida avval yo‘qolgan deb hisoblangan 100 ta o‘zbek multfilmi topildi
Sputnik O‘zbekiston
Kinolentalar avval yo‘qolgan deb hisoblangan. Ayni paytda barcha multplikatsion lentalar O‘zbekistonga keltirilgan. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T15:40+0500
2022-07-25T15:40+0500
2022-07-25T15:40+0500
madaniyat
o‘zbekiston
samarqand
o‘zbekiston kinematografiya agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1254/95/12549592_0:162:3065:1886_1920x0_80_0_0_19d4ab72c7ec762064c0b84734f33a5c.jpg
TOShKENT, 25-iyul- Sputnik. Rossiya davlat film fondidan qariyb 100 ta O‘zbekistonda suratga olingan multfilmlar topildi. Bu haqida Sputnik muxbiri O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressidan xabar berdiAvval ushbu kinolentalar yo‘qolgan deb hisoblangan. Biroq Rossiya davlat film fondi xodimlari O‘zbekiston tomonining iltimosi bilan arxivlarni qidirishgan va multfilm lentalarini topishgan.Ayni paytda barcha multplikatsion lentalar O‘zbekistonda. Bu haqida xalqaro kongressning “Media va O‘zbekiston madaniy merosini saqlash” davra suhbatida ma’lum qilindi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston kinematografiya agentligi topilgan multfilmlar ro‘yxatini taqdim etadi.Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 22-24 kunlari Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.Kongressning asosiy voqeasi “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi o‘nta yangi jildli kitob-albomlarning taqdimoti bo‘ldi. Illyustratsiyali kitoblar to‘plami allaqachon 60 jildga yetdi. Dunyoning 25 tadan ziyod mamlakatlaridan 350 dan ortiq olimlar, 100 yirik kutubxona va muzeylar to‘plam ustida ish olib borishgan.Kongressda 250 dan ortiq dunyoga mashhur sharqshunos olimlar, xalqaro muzeylar direktorlari, akademiklar, professorlar, fan doktorlari qatnashgan.Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan o‘ndan ortiq xalqaro va beshta milliy tashkilot ko‘magida tashkil etildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1254/95/12549592_168:0:2897:2047_1920x0_80_0_0_dcede1aeda42850b88292c842a9126aa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
madaniyat, o‘zbekiston, samarqand, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
madaniyat, o‘zbekiston, samarqand, o‘zbekiston kinematografiya agentligi
Rossiya fondida avval yo‘qolgan deb hisoblangan 100 ta o‘zbek multfilmi topildi
Kinolentalar avval yo‘qolgan deb hisoblangan. Ayni paytda barcha multplikatsion lentalar O‘zbekistonga keltirilgan.
TOShKENT, 25-iyul-
Sputnik. Rossiya davlat film fondidan qariyb 100 ta O‘zbekistonda suratga olingan multfilmlar topildi. Bu haqida
Sputnik muxbiri O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining VI Xalqaro kongressidan xabar berdi
Avval ushbu kinolentalar yo‘qolgan deb hisoblangan. Biroq Rossiya davlat film fondi xodimlari O‘zbekiston tomonining iltimosi bilan arxivlarni qidirishgan va multfilm lentalarini topishgan.
Ayni paytda barcha multplikatsion lentalar O‘zbekistonda. Bu haqida xalqaro kongressning “Media va O‘zbekiston madaniy merosini saqlash” davra suhbatida ma’lum qilindi. Yaqin kunlarda O‘zbekiston kinematografiya agentligi topilgan multfilmlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 22-24 kunlari Butunjahon jamiyatining “O‘zbekiston madaniy merosi - yangi Renessans poydevori” VI Xalqaro kongressi bo‘lib o‘tdi.
Kongressning asosiy voqeasi “O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida” turkumidagi o‘nta yangi jildli kitob-albomlarning taqdimoti bo‘ldi. Illyustratsiyali kitoblar to‘plami allaqachon 60 jildga yetdi. Dunyoning 25 tadan ziyod mamlakatlaridan 350 dan ortiq olimlar, 100 yirik kutubxona va muzeylar to‘plam ustida ish olib borishgan.
Kongressda 250 dan ortiq dunyoga mashhur sharqshunos olimlar, xalqaro muzeylar direktorlari, akademiklar, professorlar, fan doktorlari qatnashgan.
Tadbir O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati tomonidan o‘ndan ortiq xalqaro va beshta milliy tashkilot ko‘magida tashkil etildi.