https://oz.sputniknews.uz/20220725/ozbekistonda-shht-va-fao-qoshma-forumini-otkazish-taklif-qilindi-26499912.html
O‘zbekistonda ShHT va FAO qo‘shma forumini o‘tkazish taklif qilindi
O‘zbekistonda ShHT va FAO qo‘shma forumini o‘tkazish taklif qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyidayoq poytaxtda ikki tashkilotning qo‘shma forumini o‘tkazish mumkin. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T15:16+0500
2022-07-25T15:16+0500
2022-07-25T15:16+0500
siyosat
o‘zbekiston
shanxay hamkorlik tashkiloti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26500024_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_800448992f146969d7c889cbe163e2e7.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev noyabr oyida Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlar qo‘shma forumini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.O‘zbekiston hukumati ShHT va FAOning tuproqni muhofaza qilish va resurs tejovchi texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma forumi ushbu sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.“Sohada aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida, biz noyabr oyida Toshkentda ShHT+FAO formatida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma forum o‘tkazish tarafdorimiz”, - deydi Xodjayev.O‘zbekiston ShHT va FAO o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni ijobiy baholaydi. Ikki tashkilot hamkorligi qishloq xo‘jaligi barqarorligi va samaradorligini oshirish, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari o‘z so‘zida O‘zbekiston ShHT davlatlarining ilmiy-tadqiqot loyihalariga sarmoya kiritish va zarur infratuzilmani yaratish uchun texnologik salohiyatidan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga ochiq ekanini qayd etib o‘tdi.“Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasining 2030-yilga mo‘ljallangan kun tartibidagi asosiy roli va hissasini hisobga olgan holda, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish ham barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtiradi”, - deydi bosh vazir o‘rinbosari.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-2022 yillarda ShHTga raislik qilmoqda. Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan tashkilot tarkibiga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi.Eron ShHTga to‘laqonli a’zolikka tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchilar qatorida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26500024_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5618b737bf407f9600a59e3fcc224f3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti
siyosat, o‘zbekiston, shanxay hamkorlik tashkiloti
O‘zbekistonda ShHT va FAO qo‘shma forumini o‘tkazish taklif qilindi
Bosh vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, noyabr oyidayoq poytaxtda ikki tashkilotning qo‘shma forumini o‘tkazish mumkin.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev noyabr oyida Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlar qo‘shma forumini o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.
O‘zbekiston hukumati ShHT va FAOning tuproqni muhofaza qilish va resurs tejovchi texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma forumi ushbu sohalardagi loyihalarni amalga oshirishga yordam beradi, deb hisoblaydi.
“Sohada aniq loyihalarni ishlab chiqish maqsadida, biz noyabr oyida Toshkentda ShHT+FAO formatida tuproqni himoya qiluvchi va resurs tejovchi texnologiyalar bo‘yicha qo‘shma forum o‘tkazish tarafdorimiz”, - deydi Xodjayev.
O‘zbekiston ShHT va FAO o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishni ijobiy baholaydi. Ikki tashkilot hamkorligi qishloq xo‘jaligi barqarorligi va samaradorligini oshirish, qishloq aholisi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Shuningdek, bosh vazir o‘rinbosari o‘z so‘zida O‘zbekiston ShHT davlatlarining ilmiy-tadqiqot loyihalariga sarmoya kiritish va zarur infratuzilmani yaratish uchun texnologik salohiyatidan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga ochiq ekanini qayd etib o‘tdi.
“Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasining 2030-yilga mo‘ljallangan kun tartibidagi asosiy roli va hissasini hisobga olgan holda, qo‘shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish ham barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni tezlashtiradi”, - deydi bosh vazir o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2021-2022 yillarda ShHTga raislik qilmoqda. Ayni paytda 2001-yilda tashkil etilgan tashkilot tarkibiga O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston va Pokiston kiradi.
Eron ShHTga to‘laqonli a’zolikka tayyorlanmoqda. Avvalroq Belarus tashkilotga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston kuzatuvchilar
qatorida.