https://oz.sputniknews.uz/20220725/jidu-smart-universitetga-aylantiriladi-26501487.html
JIDU “Smart Universitet”ga aylantiriladi
JIDU “Smart Universitet”ga aylantiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Smart Universitet”ga aylantiriladi. 2022/2023 o‘quv yilidan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi – “Smart Universitet” konsepsiyasi asosida universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.
2022-07-25T16:09+0500
2022-07-25T16:09+0500
2022-07-25T16:09+0500
jamiyat
jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (jidu)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26501678_3:0:1278:717_1920x0_80_0_0_7c7f2bc7eaa462be1597b81bef150070.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Smart Universitet”ga aylantiriladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan PQ-330-sonli qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi – “Smart Universitet” konsepsiyasi asosida universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.Universitetda akademik faoliyat ilmiy-tahliliy yo‘naltirilganlik va akademik yaxlitlik ta’lim texnologiyalari hamda ularni ta’minlovchi dasturiy-apparat kompleksi asosida, shu jumladan antiplagiat tizimini joriy etgan holda tashkil etiladi.Professor-o‘qituvchilar uchun imkoniyatlarHar yili universitetning kamida 10 nafar professor-o‘qituvchisi, doktorant va magistrantlar xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.Universitetga professor-o‘qituvchilariga ilmiy unvonlarni berish hamda ularni ishga qabul qilishda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan olish vakolati beriladi.Talabalar uchun imkoniyatlar2022/2023 o‘quv yilidan universitetning iqtidorli talabalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi.Yangi o‘quv yilining ikkinchi semestrida 4 ta universitet bilan talabalar almashinuvi tashkil etiladi. Unda ichki akademik mobillik dasturlari asosida ta’lim olish istagini bildirgan talabalar uchun bir semestr mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi.Universitetlar:2025 yil 1-yanvargacha Universitet jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralari ko‘riladi.Qolaversa, universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati tashkil etiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26501678_162:0:1118:717_1920x0_80_0_0_4a4e6f046f53819ed8474b40bc3d1646.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti smart universitet
jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti smart universitet
JIDU “Smart Universitet”ga aylantiriladi
2022/2023 o‘quv yilidan universitetning iqtidorli talabalari O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida amaliyot o‘taydilar.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Smart Universitet”ga aylantiriladi. Bu haqida prezident tomonidan imzolangan PQ-330-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Hujjatga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan yangi avlod oliy ta’lim muassasasi – “Smart Universitet” konsepsiyasi asosida universitet faoliyati transformatsiya qilinadi.
Universitetda akademik faoliyat ilmiy-tahliliy yo‘naltirilganlik va akademik yaxlitlik ta’lim texnologiyalari hamda ularni ta’minlovchi dasturiy-apparat kompleksi asosida, shu jumladan antiplagiat tizimini joriy etgan holda tashkil etiladi.
Professor-o‘qituvchilar uchun imkoniyatlar
Har yili universitetning kamida 10 nafar professor-o‘qituvchisi, doktorant va magistrantlar xorijiy davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalariga ilmiy stajirovka va malaka oshirish uchun yuboriladi.
Universitetga professor-o‘qituvchilariga ilmiy unvonlarni berish hamda ularni ishga qabul qilishda akademik mustaqillik negizida berilgan ilmiy unvonlar va ilmiy darajalarni tan olish vakolati beriladi.
Talabalar uchun imkoniyatlar
2022/2023 o‘quv yilidan universitetning iqtidorli talabalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tash uchun O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalariga yuboriladi.
Yangi o‘quv yilining ikkinchi semestrida 4 ta universitet bilan talabalar almashinuvi tashkil etiladi. Unda ichki akademik mobillik dasturlari asosida ta’lim olish istagini bildirgan talabalar uchun bir semestr mos ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish tashkil etiladi.
Samarqand davlat universiteti;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
Toshkent davlat yuridik universiteti.
2025 yil 1-yanvargacha Universitet jurnalini Scopus xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasiga kiritish choralari ko‘riladi.
Qolaversa, universitet huzurida “Xalqaro munosabatlar: siyosat, iqtisodiyot, huquq” jurnali tahririyati tashkil etiladi.