https://oz.sputniknews.uz/20220725/jazirama-qachon-ortga-chekinishi-malum-boldi-26492958.html
Jazirama qachon ortga chekinishi ma’lum bo‘ldi
Jazirama qachon ortga chekinishi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T11:38+0500
2022-07-25T11:38+0500
2022-07-25T11:38+0500
jamiyat
ob-havo
jazirama
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/871/10/8711062_0:61:2101:1242_1920x0_80_0_0_1028c453e25b8a4bf09e80faa78006b6.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hududlarining katta qismida haftaning birinchi yarimida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda +45 darajagacha bo‘ladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.Qayd etilishicha, faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida 25-26 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati +32...+37 darajagacha pasayadi.Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi hamda ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati +33...+36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda +39...+41 darajaga yetadi.25-27 iyul kunlari shimol, janub va cho‘l hududlarda, 28-29 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17...22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.25-28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy darolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/871/10/8711062_105:0:1972:1400_1920x0_80_0_0_857b0bb960ffc486c7cd6cd58cdd0bb0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, jazirama
jamiyat, ob-havo, jazirama
Jazirama qachon ortga chekinishi ma’lum bo‘ldi
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston hududlarining katta qismida haftaning birinchi yarimida quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi havo harorati +40...+43 daraja atrofida, janubda +45 darajagacha bo‘ladi, deya xabar berdi
O‘zgidromet. Qayd etilishicha, faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kaspiy dengizidan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi tarqaladi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida 25-26 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati +32...+37 darajagacha pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida issiq ob-havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinadi va respublika bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi.
Hafta oxiriga kelib, nisbatan salqin havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi hamda ko‘pchilik viloyatlarda havo harorati +33...+36 darajagacha pasayadi, faqat eng chekka janubda +39...+41 darajaga yetadi.
25-27 iyul kunlari shimol, janub va cho‘l hududlarda, 28-29 iyulda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17...22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
25-28 iyul kunlari Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyatining tog‘oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy darolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli bor.