G‘arbning Rossiyani yakkalashga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

© Sputnik / Maksim Zaxarov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii. Arxivnoe foto
Flag Rossii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna bo‘lish
Ekspert Vladimir Putinning Tehronga tashrifini G‘arb uchun “bezovta qiluvchi holat" deb baholagan.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Xitoy va Eron Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda “The National Interest” sharhlovchisi Mark Episkopos yozmoqda.
U o‘z maqolasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Tehronga tashrifi G‘arb uchun “bezovta qiluvchi holat” ekanini yozgan.
“G‘arbga oid bo‘lmagan dunyoning muhim qismi neytral bo‘lib qolmoqda yoki Xitoy va Eron misolida bo‘lgani kabi, Rossiyaning mojaro bo‘yicha qarashlarini aniq qo‘llab-quvvatlaydi”, - deb ta’kidladi sharhlovchi.
Episkopos “Yevropa va amerikalik siyosatchilarning Kremlga qarshi birlashgan global front qurishga urinishlari davom etayotganiga” qaramay, yana bir nuqtayi nazar borligini eslatgan.
“Don kelishuvi bir haftalik rus diplomatiyasiga yakun yasadi, ekspertlar fikricha, bu G‘arbning Moskvani iqtisodiy va siyosiy jihatdan yakkalab qo‘yish kampaniyasi barbod bo‘lganini ko‘rsatish uchun edi”, - deb hisoblaydi u.
Yangiliklar lentasi
0