https://oz.sputniknews.uz/20220725/el-pas-bryussel-italiya-rossiyaning-troya-otiga-aylanib-qolishidan-xavotirda-26504439.html
El País: Brussel Italiya Rossiyaning “Troya oti”ga aylanib qolishidan xavotirda
El País: Brussel Italiya Rossiyaning “Troya oti”ga aylanib qolishidan xavotirda
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, Dragi iste’fosi bilan Brussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qolishi mumkin. 25.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-25T19:41+0500
2022-07-25T19:41+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
italiya
yevropa
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26504279_0:399:2047:1550_1920x0_80_0_0_46b85e8b5cfd6b7f77f013872e2e6b4f.jpg
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Brussel bosh vazir Mario Dragi iste’foga chiqqanidan keyin Italiya Rossiyaning Yevropadagi “Troya oti”ga aylanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqida sharhlovchi Bernardo de Migel Ispaniyaning “El País” gazetasi uchun maqolasida yozgan.Nashr mualliflarining tushuntirishicha, Brussel Italiyaning pozitsiyasidan xavotirda, chunki Rim Rossiya uglevodorodlari yetkazib berilishiga sezilarli darajada bog‘liq.“Ba’zi italyan ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan argumentlar Yevropaning Kremlga qarshi sanksiyalari faqat Yevropa Ittifoqi iqtisodiga zarar yetkazadi, lekin Rossiya harbiy qudratiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, degan nazariyani ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.De Migelning fikricha, Dragi iste’fosi bilan Brussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qoldi.Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta Italiya bosh vaziri iste’foga chiqish qarorini tasdiqladi. Dragi Ukrainani “har qanday yo‘l bilan”, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali ham qo‘llab-quvvatlashni yoqlagan.Sanksiyalar tufayli Yevropa 4ta hukumatni yo‘qotdi - Orban
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/19/26504279_110:341:2024:1777_1920x0_80_0_0_1115722d5e5745bac40f4517005d1838.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, italiya, yevropa, rossiya
dunyoda, italiya, yevropa, rossiya
El País: Brussel Italiya Rossiyaning “Troya oti”ga aylanib qolishidan xavotirda
19:41 25.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, Dragi iste’fosi bilan Brussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qolishi mumkin.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Brussel bosh vazir Mario Dragi iste’foga chiqqanidan keyin Italiya Rossiyaning Yevropadagi “Troya oti”ga aylanishi mumkinligidan xavotirda. Bu haqida sharhlovchi Bernardo de Migel Ispaniyaning “El País” gazetasi uchun
maqolasida yozgan.
“Yevropa Ittifoqi poytaxtidagi qo‘rquv shundan iboratki, Italiya eng yaxshi holatda Moskvaga qarshi umumiy strategiyaning zaif bo‘g‘iniga, eng yomon holatda esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin xizmatidagi Troya otiga aylanadi”, - deb yozadi de Migel.
Nashr mualliflarining tushuntirishicha, Brussel Italiyaning pozitsiyasidan xavotirda, chunki Rim Rossiya uglevodorodlari yetkazib berilishiga sezilarli darajada bog‘liq.
“Ba’zi italyan ommaviy axborot vositalari tarqatayotgan argumentlar Yevropaning Kremlga qarshi sanksiyalari faqat Yevropa Ittifoqi iqtisodiga zarar yetkazadi, lekin Rossiya harbiy qudratiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi, degan nazariyani ta’minlaydi”, - deyiladi xabarda.
De Migelning fikricha, Dragi iste’fosi bilan Brussel tirgaksiz, Kiyev esa qimmatli ittifoqchisiz qoldi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan hafta Italiya bosh vaziri iste’foga chiqish qarorini
tasdiqladi. Dragi Ukrainani “har qanday yo‘l bilan”, jumladan, qurol-yarog‘ yetkazib berish orqali ham qo‘llab-quvvatlashni yoqlagan.