Diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© SputnikSdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione "Bunyodkor"
Sdacha vstupitelnix ekzamenov na stadione Bunyodkor - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2022
Obuna bo‘lish
Yangi o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 3-avgustdan diniy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlanadi. Bu haqda Diniy idoraning Ta’lim va ilmiy-tadqiqodlar bo‘limi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy diniy ta’lim muassasalarida 2022-2023 o‘quv yili bo‘yicha qabul imtihonlari ijodiy imtihon va test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Hadis ilmi maktabi
3 avgust – Hadis va mustalah al-hadis (ijodiy imtihon);
Arab tili (ijodiy imtihon). Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi sport zali.
4 avgust – O‘zbekiston tarixi (test sinovi). Imtihon joyi: Hadis ilmi maktabi binosi orqa hovli qismi.
5 avgust – Mandat hay’ati.
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti
8 avgust – Arab tili (ijodiy imtihon). Imtihon joyi: Toshkent islom instituti binosi ayvon qismi.
9 avgust – Fiqh va aqoid (test sinovi). O‘zbekiston tarixi (test sinovi). Imtihon joyi: Toshkent islom instituti hovlisi.
10 avgust – Mandat hay’ati.
Mir Arab oliy madrasasi
11 avgust – Arab tili (ijodiy imtihon). Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.
12 avgust – Fiqh va aqoid (test sinovi). O‘zbekiston tarixi (test sinovi). Imtihon joyi: Mir Arab oliy madrasasi binosi ayvon qismi.
13 avgust – Mandat hay’ati.
Ma’lumot uchun, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi va Hadis ilmi maktabiga o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarini tamomlagan abituriyentlarning hujjatlari qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, diniy ta’lim muassasalariga qabul 20-iyundan boshlangandi.
Yangiliklar lentasi
0