https://oz.sputniknews.uz/20220724/rossiya-haq-gretsiyada-taniqli-siyosatchi-shunday-shior-bilan-saylovda-qatnashmoqchi-26472363.html
“Rossiya haq”: Gretsiyada taniqli siyosatchi shunday shior bilan saylovda qatnashmoqchi
“Rossiya haq”: Gretsiyada taniqli siyosatchi shunday shior bilan saylovda qatnashmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Saylovoldi plakatida siyosatchining o‘zi esa Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida foydalanayotgan “Z” harfi belgisi bilan birga... 24.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-24T13:12+0500
2022-07-24T13:12+0500
2022-07-24T13:12+0500
dunyoda
gretsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/18/26472203_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_fa55879f08071d180b19846d9162797d.jpg
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Gretsiyaning sobiq energetika vaziri Panayotis Lafazanis “Rossiya haq” deb yozilgan saylovoldi plakatini taqdim etdi, deb xabar qilmoqda Pronews.gr. Siyosatchi o‘zining “Milliy ozod bo‘lish demokratik harakati” yangi partiyasini shunday targ‘ib qilmoqda.Siyosatchining o‘zi esa Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida foydalanayotgan “Z” harfi belgisi bilan birga tasvirlangan.Panayotis Lafazanis 9-may kuniga bag‘ishlangan Afinadagi 1941-1944 yillarda Gretsiya ozodligi va mustaqilligi uchun qurbon bo‘lgan sovet jangchilari haykali oldidagi mitingda qatnashib, o‘shanda yangi so‘l partiya tuzish niyati borligini ma’lum qilgan edi.Gretsiyaning sobiq bosh vaziri Aleksis Sipras hukumatida Lafazanis Energetika vazirligiga rahbarlik qilgan. 2015-yili u maslakdoshlari bilan hukmron partiya SIRIZA siyosati keskin o‘zgargandan so‘ng norozilik belgisi sifatida Vazirlar mahkamasi tarkibidan chiqib, “Xalq birligi” partiyasini tuzgandi. 2015-yildan 2019-yil 2-iyunigacha uning yetakchisi bo‘ldi.Lafazanisning so‘zlariga ko‘ra, uning yangi partiyasining maqsadi “Gretsiyaning yangi ozod bo‘lishi” bo‘ladi. Siyosatchi Rossiya Ukrainada haq ekanini ta’kidlagan. “Bizda tinchlik bo‘lishi uchun, Yevropa va dunyoda yaxshi muhimt bo‘lishi uchun u g‘alaba qozonishi kerak. Boshqa yechim yo‘q”, - deb hisoblaydi u.Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan Donbassda tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
gretsiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/18/26472203_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_1b79c160cd11934ca2b4b57e044c9463.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, gretsiya
“Rossiya haq”: Gretsiyada taniqli siyosatchi shunday shior bilan saylovda qatnashmoqchi
Saylovoldi plakatida siyosatchining o‘zi esa Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida foydalanayotgan “Z” harfi belgisi bilan birga tasvirlangan.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Gretsiyaning sobiq energetika vaziri Panayotis Lafazanis “Rossiya haq” deb yozilgan saylovoldi plakatini taqdim etdi, deb xabar qilmoqda
Pronews.gr. Siyosatchi o‘zining “Milliy ozod bo‘lish demokratik harakati” yangi partiyasini shunday targ‘ib qilmoqda.
“Rossiya haq. AQSh va NATO Ukrainani jahannamga aylantirdi, ular sayyorani jarlik sari yetaklashmoqda, Yevropani yo‘q qilishmoqda, Gretsiyani xonavayron va mayib qilishmoqda. Chirigan, poraxo‘r, oligarx va qul siyosiy rejimini ag‘darib tashlang!”, - deya yozilgan plakatda.
Siyosatchining o‘zi esa Rossiya harbiylari Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya davomida foydalanayotgan “Z” harfi belgisi bilan birga tasvirlangan.
Panayotis Lafazanis 9-may kuniga bag‘ishlangan Afinadagi 1941-1944 yillarda Gretsiya ozodligi va mustaqilligi uchun qurbon bo‘lgan sovet jangchilari haykali oldidagi mitingda qatnashib, o‘shanda yangi so‘l partiya tuzish niyati borligini ma’lum qilgan edi.
Gretsiyaning sobiq bosh vaziri Aleksis Sipras hukumatida Lafazanis Energetika vazirligiga rahbarlik qilgan. 2015-yili u maslakdoshlari bilan hukmron partiya SIRIZA siyosati keskin o‘zgargandan so‘ng norozilik belgisi sifatida Vazirlar mahkamasi tarkibidan chiqib, “Xalq birligi” partiyasini tuzgandi. 2015-yildan 2019-yil 2-iyunigacha uning yetakchisi bo‘ldi.
Lafazanisning so‘zlariga ko‘ra, uning yangi partiyasining maqsadi “Gretsiyaning yangi ozod bo‘lishi” bo‘ladi. Siyosatchi Rossiya Ukrainada haq ekanini ta’kidlagan. “Bizda tinchlik bo‘lishi uchun, Yevropa va dunyoda yaxshi muhimt bo‘lishi uchun u g‘alaba qozonishi kerak. Boshqa yechim yo‘q”, - deb hisoblaydi u.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan Donbassda tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.