Qozog‘iston va Qirg‘iziston prezidentlari Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan muborakbod etishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaGlavi gosudarstv SNG pozdravili Shavkata Mirziyoyeva s pobedoy na prezidentskix viborax
Glavi gosudarstv SNG pozdravili Shavkata Mirziyoyeva s pobedoy na prezidentskix viborax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.07.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Qozog‘iston va Qirg‘iziston yetakchilari Qasim Jomart-Toqayev va Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Qo‘shni davlat yetakchilari suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyevni tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etib, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilashdi.
Mirziyoyev Toqayev bilan O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Savdo va logistika, sanoat va agrosanoat sohalarida kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish muhimligi qayd etildi. O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari darajasida yaqindan aloqalarni davom ettirishga kelishib olindi.
Mintaqada yirik infratuzilmaviy loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirishni boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston rahbari Sadir Japarov bilan suhbatda bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarning kun tartibini tayyorlash masalalarini muhokama qildi.
Ikki mamlakat hukumatlari savdo shartnomalari va sanoat kooperatsiyasi bitimlarining yangi to‘plamini, shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iziston strategik sherikligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa ikki tomonlama hujjatlarni tayyorlashi muhimligi qayd etildi.
Energetika va transport sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidentini joriy yil 20-21 iyul kunlari Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan Tojikiston rahbari Emomali Rahmon tabriklagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0