Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNas gvardiya i sotrudnik vnutrennix del
Nas gvardiya i sotrudnik vnutrennix del - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.07.2022
Obuna bo‘lish
Fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Hukumat qarori bilan Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari tomonidan jamoat joylarida fuqarolarni elektron identifikatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan “E-patrul” tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi va fuqaroni shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar bo‘limiga olib borish amaliyotidan voz kechiladi.
Barcha ma’lumotlar elektron tekshiriladi va patrul-post xodimi faoliyati “bodikamera”ga tasvirga olinadi.
Nizomga ko‘ra, xodimlar quyidagi hollarda fuqaroni to‘xtatishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yoki “E-patrul” tizimi orqali ularning shaxsini aniqlashi mumkin:
shaxs jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etgan yoxud qidiruvda deb gumon qilishga asos bo‘lsa;
shaxsni sodir etilgan jinoyat yoki huquqbuzarlik haqida ma’lumotga ega deb hisoblash mumkin bo‘lsa;
shaxsni ushlab turishga boshqa qonuniy asoslar bo‘lsa.
Xodim shaxsni to‘xtatganda uni to‘xtatganlik sabablari va asoslarini tushuntirishi shart.
Yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaro quyidagi hollarda ichki ishlar organiga olib boriladi:
uning shaxsini planshet orqali aniqlash imkoni bo‘lmaganda;
qidiruvda bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslar aniqlanganda;
shaxsiga aniqlik kiritish jarayonida qarshilik ko‘rsatganda;
jamoat joyida huquqbuzarlik sodir etish vaqtida ushlanganda.
Yangiliklar lentasi
0