Ukrainada Rossiya gazini o‘g‘irlash taklif qilindi

© Sputnik / StringerKompleks podgotovki eksportnogo gaza na Ukraine.
Kompleks podgotovki eksportnogo gaza na Ukraine. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Deputat Razumkov Rossiya gazini tranzit quvurlaridan o‘g‘irlashni taklif qildi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Ukraina o‘z hududidan o‘tuvchi tranzit quvurlaridan Rossiya gazini o‘g‘irlashni boshlashi kerak, dedi Oliy Rada deputati va sobiq spikeri, hukmron “Xalq xizmatkori” partiyasining sobiq rahbari Dmitriy Razumkov “Ukrayinskaya pravda” ruknida.
RIA Novostining qayd etishicha, Razumkov Kiyev o‘z hamkorlari oldidagi tranzit majburiyatlarini bajarishi kerakligini tan olgan, biroq Ukrainaning energetika muammolarini Rossiya tomonining huquqlarini buzish orqali hal qilishni taklif qilgan.
“Rossiya gazining ortig‘i qonun bilan musodara qilinishi va omborlarimizga quyilishi kerak. Chunki paradoksal vaziyat yuzaga kelmoqda — biz har kuni millionlab kubometr rus gazini quyamiz va o‘z omborlarimizni zarur zaxiralar bilan ta’minlamaymiz”, - deya yozib qoldirgan u.
Razumkovning qo‘shimcha qilishicha, buning uchun Ukraina hukumati “Naftogaz” bilan birgalikda sanoatni rivojlantirishning strategik rejasini ishlab chiqishi kerak.
Qayd etilishicha, hozirda Ukrainada 11 milliard kub metrga yaqin gaz zaxirasi mavjud. Kuzda omborga yana qancha gaz quyilishi hozircha noma’lum.
O‘tgan yilning 7-oktabrida prezidentning “Xalq xizmatchisi” fraksiyasi tashabbusi bilan Rada Razumkovni spikerlikdan chaqirib oldi. U bu lavozimda 2019-yil 29-avgustdan boshlab faoliyat yuritayotgan edi. 2019-yilning mayidan dekabrigacha Razumkov “Xalq xizmatkori” partiyasining rahbari bo‘lgan, u Radaga saylov ro‘yxatining birinchi raqami bilan kirgan. Iste’foga chiqqanidan so‘ng u “Oqilona siyosat” fraksiyalararo assotsiatsiyasini tuzdi.
Yangiliklar lentasi
0