Toshkent aeroportida qanday qilib bepul “Wi-Fi”ga ulanish mumkin-tafsilotlar

© SputnikV aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta
V aeroportu Tashkenta otkrilsya noviy zal vileta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Bepul internetga ulanish uchun biroz reklama tomosha qilish kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilar va mehmonlar uchun internet tarmog‘iga ulanish uchun Wi-Fi tarmog‘i ishga tushirildi.
Internet tarmog‘i terminal majmuasining butun hududi jo‘nab ketish va uchib kelish zallarini to‘liq qamrab oldi.
“Aeroportga kelganlar internetga ulanish uchun #TASAirportUzcloud Wi-Fi tarmog‘ini qidirib topishlari va “Ulanish” tugmasini bosishlari kifoya”, deyiladi xabarda.
Tizim foydalanuvchilarni avtorizatsiya sahifasiga yo‘naltiradi. U yerga mobil telefon raqami kiritilishi kerak. Avtorizatsiyani tasdiqlash uchun ko‘rsatilgan raqamga SMS habar yuboriladi.
Shundan so‘ng, tizim pullik va bepul kirish imkoniyatlarini taklif etadi.
Bepul xizmat
Agar tizimdan bepul foydalanish tanlansa, tizim uchta qisqa reklamani ko‘rsatadi. Shundan so‘nggina internetga kirish mumkin bo‘ladi.
Pullik xizmat
Pullik xizmatda esa, tegishli tarif rejasini tanlash kerak bo‘ladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng tarif rejasiga muvofiq, vaqt uchun cheksiz internetga ulanish imkoniyati beriladi.
Yangiliklar lentasi
0