Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Shifokor qaysi kartoshka foydali ekanini aytdi

© Minselxoz UzbekistanaKartoshka noviy urojay
Kartoshka noviy urojay  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Qaysi kartoshkaning salomatlikka foydasi ko‘p va uni qanday tanlash kerak- batafsil materialimizda.
Odatda, kichik kartoshkaga qaraganda katta kartoshkani ma’qul ko‘riladi. Chunki, kichik sabzavotni tozalash murakkab emas- chiqindilar kamroq bo‘ladi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, kichik kartoshkada kattasiga qaraganda ko‘proq foydali vitaminlar bor. Tibbiyot fanlari nomzodi, shifokor-pediatr, nutritsiolog Irina Yuzupning aytishicha, aslida katta va kichik kartoshka bir-biridan ko‘p farq qilmaydi. Farq ular tarkibidagi kraxmal ko‘pligi yoki kamligida bo‘lishi mumkin.
Kichik kartoshkada organik kislotalar, vitamin va minerallar ko‘proq. Shuningdek, unda kraxmal kam, shuning uchun, u parhezbop bo‘lishi mumkin.
Shifokor mayda kartoshkalar tezroq pishib yetilishini aytdi. Bu muhim, chunki kartoshka tarkibida inson uchun zaharli bo‘lgan solanin moddasi bo‘lib, issiqlik bilan ishlov berilganda, modda yo‘qoladi. Ammo, chala pishirilgan kartoshka – salomatlik uchun foydali bo‘lmaydi. Organizm allergik reaksiya yoki yallig‘lanish bilan zahar to‘planganini bildirishi mumkin
Kartoshkaning asosiy foydasi uning po‘stlog‘ida. Kartoshka qancha kichik bo‘lsa, uning po‘stlog‘ini artmasdan foydalanishadi. Bu esa organizm uchun foydali bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0