Qashqadaryo viloyati hokimi senator bo‘ldi

© Qashqadaryo viloyati hokimligiQashqadaryo viloyati hokimi senator bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati hokimi senator bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Viloyatda senat a’zosi saylovi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.
Bugun viloyatda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shma majlis kun tartibiga viloyatdan bo‘shab qolgan o‘rin uchun Senat a’zosini saylash to‘g‘risidagi masala kiritildi.
Shundan kelib chiqib, Senat a’zosi saylovi o‘tkazildi.
Sanoq komissiyasi tomonidan e’lon qilingan natijaga ko‘ra, viloyat hokimi Senat a’zoligiga saylandi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi etib tasdiqlangandi. Ungacha u Bojxona qo‘mitasida rais lavozimida faoliyat olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0