https://oz.sputniknews.uz/20220722/ozbekistonda-global-isish-tendentsiyasi-oshib-bormoqda-26418980.html
O‘zbekistonda global isish tendensiyasi oshib bormoqda
O‘zbekistonda global isish tendensiyasi oshib bormoqda
Sputnik O‘zbekiston
Bugun poytaxtda harorat +43 darajagacha ko‘tariladi. 22.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-22T09:22+0500
2022-07-22T09:22+0500
2022-07-22T09:59+0500
jamiyat
ob-havo
jazirama
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556791_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_c9a22d3bd598aedb7676cfd0fc6ff48b.jpg
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi. Aytilishicha, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.Havo harorati +40-45 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +47 daraja gacha bo‘ladi.Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati +41-43 darajaga yetadi.Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +30-35 daraja bo‘ladi.Shundan kelib chiqqan holda, O‘zgidromet aholidan issiq ob-havoda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilishlari va sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishlarini so‘ramoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/07/06/19556791_297:22:2590:1742_1920x0_80_0_0_75e24838beff1f81bbee494bf7f0ee3d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, jazirama, o‘zgidromet
jamiyat, ob-havo, jazirama, o‘zgidromet
O‘zbekistonda global isish tendensiyasi oshib bormoqda
09:22 22.07.2022 (yangilandi: 09:59 22.07.2022) Bugun poytaxtda harorat +43 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqida O‘zgidromet xabar
berdi.
Aytilishicha, ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Farg‘ona viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Havo harorati +40-45 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +47 daraja gacha bo‘ladi.
Poytaxtda havo quyoshli bo‘ladi. Maksimal harorati +41-43 darajaga yetadi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +30-35 daraja bo‘ladi.
Qayd etilishicha, iyul oyida sayyoraning ko‘pgina mintaqalarida bo‘lgani kabi O‘zbekiston hududida ham global isish tendensiyasi oshib bormoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, O‘zgidromet aholidan issiq ob-havoda o‘zini tutish qoidalariga rioya qilishlari va sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishlarini so‘ramoqda.