AQShda Rossiyani “terrorizm homiysi” deb e’lon qilishga tayyorlanishmoqda

© AFP 2023 / STEFANI REYNOLDSGossekretar SShA Entoni Blinken vistupayet vo vremya press-konferensii v Nusa-Dua na indoneziyskom kurortnom ostrove Bali 9-iyulya 2022 goda.
Gossekretar SShA Entoni Blinken vistupayet vo vremya press-konferensii v Nusa-Dua na indoneziyskom kurortnom ostrove Bali 9-iyulya 2022 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.07.2022
Obuna bo‘lish
Umuman olganda, amerikalik qonunchilarning tashabbuslari ahmoqona tuyuladi. Ikki yuz yildan ortiq bir gala terrorchi-separatistlar qo‘lida qolgan davlat ming yillik Rossiya imperiyasi uchun masxara qiluvchi so‘zlarni qidirish bilan ovora.
Odatda “terrorizm homiysi” maqomini Vashington oldida aybdor bo‘lgan mamlakatlarga Davlat Departementi beradi. Ammo uning hozirgi rahbari Toni Blinken Rossiyaga qarshi bu ishni qilishga shoshilayotgani yo‘q. “Shaxsan men ruslarning ukrainlarga nisbatan terror qilayotganiga shubhalanmayman- ammo masala shundaki, (bu borada hozir huquqshunoslar ish olib borishapti) biz bu maqomni berishga yetarli asoslarimiz bo‘lishiga ishonch hosil qilishimiz kerak”, - degan edi u aprel oyi Senat oldida.
Davlat departamenti huquqshunoslari ham hech qayerga shoshmadi. Va nihoyat, kongress spikeri, demokrat xonim Nensi Pelosining bu joniga tegdi. Yaqinda u Blinkenga telefon qildi va agar davlat departamenti bu ovoragarchilikni cho‘zadigan bo‘lsa, u kongress orqali Rossiyani “terrorizm homiysi” sifatida tan olishni ko‘zda tutadigan qonun kiritishini aytgan. Bu haqida Politico nashri xabar berdi.
Mamlakatga “terrorizm homiysi” maqomini berish to‘g‘risidagi konunni qabul qilish tartibi ancha murakkab. Biroq, hozirda demokratlar kongressda ko‘pchilikni tashkil qilayotgan ekan, bu amalga oshishi ham mumkin. Yana bir masala shundaki, noyabrdagi saylovlarda demokratlar ko‘pchilikni yo‘qotadi- AQShga bu davrga qadar o‘zga sayyoraliklar hujum qilib qolmasa, albatta. Hozir vaqt shunday- hech nimani istisno etib bo‘lmaydi. Xullas, savol: Pelosi saylovga qadar bu qonun loyihasini kongress orqali kiritishga ulguradimi? Qolaversa, avgust ta’tillariga ham oz qoldi.
Xo‘p, mana shu qonun qabul qilinganda ham Vashingtonga nima foyda bo‘ladi? Nazariy olib qaraganda, Shtatlar “terrorizm homiysi” deb nomlangan mamlakatning vakillari- diplomat shaxslardan immunitet qaytarib olinishi mumkin. Mamlakatning o‘ziga esa navbatdagi “do‘zaxiy” sanksiyalar qo‘llaniladi.
Amaliyotda esa buning hammasi puch. Mayli, diplomatik aloqalarni uzamiz ham. Rossiyaning ko‘p yillik tarixida Qo‘shma Shtatlar bilan diplomatik aloqalari faqat qisqa, o‘tkinchi epizod bo‘lgan. 1807-yilda rus podshosi o‘sha paytdagi global tuzum tomonidan nafratlangan bu bechora separatislarni tan olgan. 1918-yilda amerikalik sheriklar to‘satdan Murmansk va Arxangelskni bosib olishga harakat qilishdi. Ularning tanobini tortib qo‘yishdi va haydab chiqarishdi. 1917-yildan 1933-yilgacha mamlakatlar o‘rtasida aloqalar bo‘lmagan. Xo‘sh, nim qilibdi shunga?
E’tibor bering: Vashington diplomatik munosabatlarni 1933-yilda, amerikaliklar Buyuk depressiya natijasida yuzaga kelgan ocharchilikdan ommaviy ravishda halok bo‘layotgan paytda tiklashga harakat qilgan. Sovet Ittifoqi esa bu paytda rekord sur’atlarda rivojlangan. Shunday gumonlar borki, hozirgi Buyuk retsessiya ham amerikaliklarni xuddi o‘sha holatdagi ko‘yiga solishi mumkin. Va allaqachon, hozirning o‘zida ularning chorak qismi - to‘yib ovqat yemayapti, ya’ni chiroyli siyosiy so‘zlar bilan ifodalaydigan bo‘lsak, “ovqatni o‘tkazib yuborapti”. Rivojlanishda davom etamiz- ular yana aylanib-o‘rgilib munosabatlarni yaxshilash uchun kelishadi.
“Do‘zaxiy” sanksiyalarga kelsak, Amerika rahbarining xotira bilan muammolarini hisobga olamiz va hamkorlarimizga eslatib qo‘ymoqchimizki, ular bizga qarshi sanksiyalarni allaqachon qo‘llashgan. Ammo ularni kiritish Vashington uchun shu qadar og‘ir botdiki, sanksiya ketidan yana sanksiya qo‘llashdi. Avval o‘g‘itlar va oziq-ovqatlar bo‘ldi, endi bunda qishloq xo‘jaligi, energetika sohasidagi bitimlar. Keyinchi? Balki kiritish yoki chekinishni allaqachon hal qilish vaqti kelgandir?
Agar yangi sanksiyalar energetika sohasiga ta’sir qilsa, Rossiya AQShga boyitilgan uran, ya’ni Amerika AESlari uchun suv va havodek kerak bo‘lgan moddani yetkazib berishdan voz kechadi. Keyin qanday qilib rejim o‘z fuqarolarini elektr bilan ta’minlaydi? Xuddi Shri-Lankadekmi? Omadini bersin.
Ehtimol, yangi qonunning qabul qilinishi bilan bizning mamlakatimiz uchun qandaydir imidj yo‘qotishlari bo‘lar. Ammo bundan sheriklarimizga shunday muammoki, ularning o‘zlari “yumshoq kuchlar” instrumentlarini sindirishdi. Ular ishlamay qo‘yishdi. Ular amerikaliklarning o‘zini qiynaydigan bo‘lishdi.
“Terrorizm homiysi” degan haqoratni o‘ylab topgan mamlakat o‘z tarixi davomida begona hududlarni egallab olgan va baxtiqaro mahalliy aholini ommaviy qirg‘in qilganini butun dunyo yaxshi biladi. Xitoylik o‘rtoqlar amerikaliklarning tub aholisidan tortib butun dunyo bo‘ylab sodir etgan qirg‘inlarning ko‘plab ro‘yxatlarini tuzishdi. Ro‘yxatlar hayratlanarli. O‘sha amerikaliklarning o‘zi nazorat qiladigan Vikipediyada ham buni ko‘rishingiz mumkin. Xo‘p, unda nimalar keltirilgan? Vashington tomonidan bosib olingan o‘nlab mamlakatlar, millionlab qurbonlar, sanoat miqyosida yadroviy, kimoviy va biologik qurollardan foydalanish... Gitler hayratdan yoqa ushlaydi buni ko‘rib.
Ular esa bu “homiylik yorlig‘i”ni shunchaki odamlarni himoya qilayotgan Rossiyaga yopishtirishga harakati qilishmoqda. Yo‘q, bunga hech kim laqqa tushmaydi. Qolaversa, bunday narsalar, xitoylik o‘rtoqlar ta’biri bilan aytganda uni jamoatchilik fikrida ko‘tarish mumkin.
Yangi mustamlakachilik qo‘rg‘oniga dadil qarshilik ko‘rsatayotgan mamlakat butun dunyo odamlari qalbini zabt etishi muqarrar. Rossiya bugun Vashingtonning global qudratiga putur yetkazayotgan dovurak partizandir. Tabiiyki, kichik partizanlar ham unga ergashadi. Va hatto partizanlik qilishni istamagan mamlakatlar ham, bizning pinjimizga suqiladi, chunki amerikalik maxluqni faqat biz bilan yengish mumkinligini biladi. Yolg‘izlikda qo‘ldan kelmaydi. Ya’ni, AQShning har qanday tahdidli ishorasi bizga nisbatan “yumshoq kuch”ni, bizning dunyoga ta’sirimizni ko‘paytiradi. Nima ham derdim, sheriklarga bu uchun rahmat albatta.
Davlat kotibi Toni Blinken- mohiyatan bizning odam, Kiyev guberniyasi aholisining avlodi- bularning hammasini yaxshi tushunadi. Ushbu “homiylik” mavzusi Amerika siyosatida bir necha bor paydo bo‘lgan. Davlat departamenti buni bir necha oydan buyon yakunlay olgani yo‘q.
Blinken yana bir eng oddiy narsani tushunadi. Bu Amerikaning juda muhim davlat siri, ammo men hozir aytmayman. Gap shundaki, amerikalik siyosatning bu instrumenti umuman ish bermaydi.
Hozirgi kunda davlat departamentining “terrorizm homiysi” ro‘yxati da to‘rtta mamlakat bor - Eron, Suriya, Kuba, KXDR. Bularning barchasiga bu maqom hech nima qilmadi. Bu mamlakatlarda xalq ommasi hech rejimni ag‘darish uchun harakat qilishmaydi, balki oqshomda qahvaxonaga o‘tib, musiqa tinglashni davom ettirishapti. Armiya va harbiy sanoat kompleksi, maktablar va OTMlar, tibbiyot va ishlab chiqarish xuddi tilla soatdek ishlaydi. Sanksiyalar ham, do‘zaxiy sanksiyalar ham, va hatto apokalissis sanksiyalar ham qandaydir ish bermayapti. Iqtisod... Ha, iqtisod ancha yaxshi bo‘lishi mumkin edi. Biroq, “terrorizm homiysi” bo‘lmagan mamlakatlarda ham iqtisod halokat yoqasida turibdiku. Ularning ko‘pchiligida vaziyat o‘sha mashhur terrorizm homiylarinikidanda yomonroq.
Balki, amerikaliklar Rossiyaga bu yorliqni yopishtirib, uni bu yo‘l bilan BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarib tashlamoqchidir? Ammo bunga tashkilot reglamentining o‘zi qarshilik qiladi. Rossiya -Xavfsizlik Kengashining ta’sischi davlati va veto huquqiga ega doimiy a’zosi. Bu borada biror nimaga erishish uchun amerikaliklar shunchaki butun BMT ni yo‘q qilishlari kerak bo‘ladi. Ammo bu yerda ham hech nima o‘xshamaydi.
Undan Pelosi va Blinken o‘rtasidagi qo‘ng‘iroqlardan maqsad nima? Bunday vahima nega kerak? Chunki, Ukraina AQSh uchun sekin ammo muqarrar holda ikkinchi Afg‘onistonga aylanib bormoqda. G‘arbning qurol yetkazib berishlari esa tugayapti. Ularga qo‘shilib yuzlab xorijiy – ular orasida amerikaliklar ham bor- yollanma askarlar ham tugayapti. Har kuni Kiyev rejimi odamlari va hududlarini yo‘qotapti.
NATO ittifoqchilari esa g‘azabda. Vengriya Ukrainaga qurol yetkazib bermasligini ma’lum qilyapti, Germaniya esa “onam bilan qasam ichamanki”, nemis qurollari tugadi deyapti. Hamma sanksiyalarga bardosh qolmaganini oshqora bildirmoqda.
Ukraina yuqorisida ham qandaydir g‘imir-g‘imirlar boshlandi. Zelenskiy zudlik bilan Bosh prokuror va Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbarini lavozimidan ozod etdi. “Atrofda faqat xiyonat, qo‘rqoqlik va yolg‘on”.
Amerikalik qonunchilar yana biroz vaqtni cho‘zib turish uchun o‘ylashapti: balki Zelenskiyga oxir-oqibat biror yoqimli narsa qilish kerakdir. Fashizm g‘olibi bo‘lgan mamlakatni “terrorizm homiysi” deb e’lon qilish, bu AQShning o‘z obro‘siga zarba bo‘ladi. Vashington fashistlar Germaniyasining ishini ochiqdan-ochiq davom ettirayotganinga imzo chekadi.
Ukrainaning halokati AQShning o‘zi uchun oxiratning boshlanishi hisoblanadi. Bu qayg‘uli faktdan amerikaliklar o‘z xomxayollariga yashirinishga harakat qilishadi. O‘zlari uchun halokatli bo‘lgan sanksiyalar qo‘llashadi, qandaydir “maqom”lar bilan “e’tirof etishadi”, dushmanlar ro‘yxatini tuzishadi, hammaga qurol bilan tashlanadi- xullas butun olamni boshqarishapti. Amerika prezidentining “aqliy qobiliyatlari” bu qadar yuqumli bo‘lishini kim bilibdi deysiz...
Yangiliklar lentasi
0