Yil yakuniga qadar quriladigan optik tolali aloqa liniyalari uzunligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishSetevoe oborudovanie v servernoy
Setevoe oborudovanie v servernoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston simli Internet resurslarining yuklanish tezligi bo‘yicha Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Ozarbayjon davlatlarini ortda qoldirdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Yil yakuniga qadar respublika miqyosida 620 minga yaqin portli keng polosali tarmoq qurilmalari o‘rnatiladi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan brifingda "O‘zbektelekom" AK axborot xizmati rahbari Temur Mamajonov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar 50 ming km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari quriladi.
“Mobil aloqa operatorlari tarmoqlarida to‘rt mingta yangi tayanch stansiyalari o‘rnatish va transport telekommunikatsiya tarmog‘ini o‘tkazuvchanlik qobiliyatini viloyat markazigacha 700, tuman markazlarigacha 80 Gbit/sek gacha yetkazish rejalashtirilgan”, deydi Temur Mamajonov.
Temur Mamajonovning so‘zlariga ko‘ra, shu yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda 23 ming km dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar esa xalqaro reytinglarda o‘z aksini ko‘rsatmoqda.
Speedtest Global Index reytingi natijalarida mamlakatda simli Internet resurslarining yuklanish tezligi bo‘yicha – 40,16 Mbit/sek tezlik bilan 182 ta davlat ichida 86-o‘rinni egalladi.
Britaniyaning Cable.co.uk portali ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo reytingida O‘zbekiston mobil internet arzonligi bo‘yicha 21-o‘rin, keng polosali simli internet arzonligi bo‘yicha esa 19-o‘rinda turibdi.
Qolaversa, BMT Xalqaro elektr aloqa ittifoqining o‘tgan yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston keng polosali mobil internet narxlari bo‘yicha BMTning 2 foizlik ko‘rsatkichini bajargan 4 davlat qatoridan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq shu yilning o‘zida optik tolali aloqa liniyalarni qurishni 60 ming km.ga yetkazish ma’lum qilingandi. 2026-yilga qadar esa O‘zbekistondagi barcha aholi yashash maskanlari yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan to‘liq qamrab olinishi rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0