Toqayev: MO davlatlari rahbarlari sammitiga Rossiya va Xitoy vakillarini taklif etish mumkin

© Foto: press-slujba prezidenta Kazaxstana Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya va Xitoy kabi boshqa qo‘shni davlatlarning oliy vakillari taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etishlari mumkin.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvlariga qo‘shni davlatlar, jumladan, Rossiya va Xitoy vakillarini taklif qilish fikrini ilgari surdi.
Uning qayd etishicha, nomintaqaviy strategik hamkorlar bilan hamkorlik masalalarida Qozog‘iston Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘p tomonlama formatlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik konsepsiyasini qabul qilish mumkin, deb hisoblaydi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, mintaqa davlatlari rahbarlari belgilangan geografik chegaralar doirasida qolib ketmasligi kerak.
“Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari ishida Rossiya va Xitoy kabi boshqa qo‘shni davlatlarning oliy vakillari taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etishlari mumkin”, - dedi Toqayev Qirg‘izistondagi sammitda nutq so‘zlayotib.
Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Unda, jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, qator takliflarni ilgari surdi.
Yangiliklar lentasi
0