Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Foto : Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Chulpon-Ate
Shavkat Mirziyoyev i Emomali Raxmon na peregovorax v Chulpon-Ate - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari bir qator dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Cho‘lponota shahrida o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish asosida yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi.
Yangiliklar lentasi
0