Rossiya gazdan shantaj uchun foydalanmaydi – Peskov
18:18 21.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023)
© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishZamestitel rukovoditelya administratsii prezidenta RF, press-sekretar prezidenta RF Dmitriy Peskov pered nachalom press-konferensii prezidenta RF Vladimira Putina i prezidenta Belorussii Aleksandra Lukashenko po itogam peregovorov v Moskve.
© Sputnik / Sergey Guneyev
/ Obuna bo‘lish
Bu mutlaqo yolg‘on bayonot va Kreml buni qat’iyan rad etadi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Gaz sohasida Rossiyadan hech qanday bosim va shantaj haqida gapirishning iloji yo‘q, “Gazprom” barcha majburiyatlarini bajaradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“So‘nggi kunlarda biz juda ko‘p ta’nalarni eshitdik. Fon der Lyayen xonim (Yevropa komissiyasi rahbari Ursula)dan ham, Yevropa Ittifoqining boshqa vakillari va Yevropa poytaxtlaridan ham Rossiya gaz bilan bog‘liq vaziyatdan shantaj, siyosiy bosim va boshqalar uchun foydalanmoqda, degan haqoratlarni eshitamiz. Prezident Putin Tehronda qilgan to‘liq bayonotlarida, shuningdek, Strategik tashabbuslar agentligida kecha bo‘lib o‘tgan tadbirda hech qanday bosim yoki shantaj haqida gapirish mumkin emasligini juda batafsil tushuntirdi”, dedi Peskov jurnalistlarga.
Uning ta’kidlashicha, bu mutlaqo yolg‘on bayonot va Kreml buni qat’iyan rad etadi.
“Prezident Tehronda aniq aytdi: “Gazprom” barcha majburiyatlarini bajardi, bajarmoqda va bajaradi”, deya qo‘shimcha qildi Peskov.