https://oz.sputniknews.uz/20220721/qozogiston-transafgon-temir-yoli-qurilishida-ishtirok-etish-istagini-bildirdi-26392227.html
Qozog‘iston transafg‘on temir yo‘li qurilishida ishtirok etish istagini bildirdi
Qozog‘iston transafg‘on temir yo‘li qurilishida ishtirok etish istagini bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston temir yo‘llarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz ta’minlab, harakatdagi sostav taqdim qilishi mumkin. 21.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-21T11:43+0500
2022-07-21T11:43+0500
2022-07-21T11:43+0500
qozog‘iston
transafg‘on temir yo‘li
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6c3c9470cddf389b424fdff6f67b6f7a.jpg
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayogan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston “Termiz - Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi.Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Afg‘oniston hududida “Termiz-Peshovar” temiryo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlangandi.Mazkur transafg‘on temir yo‘li loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km bo‘lgan temir yo‘li Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochadi.Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.O‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda."Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan.Ma’lumot uchun, bugun Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f81d4c776c8f3df924152b6553d21b6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, transafg‘on temir yo‘li, iqtisod
qozog‘iston, transafg‘on temir yo‘li, iqtisod
Qozog‘iston transafg‘on temir yo‘li qurilishida ishtirok etish istagini bildirdi
Qozog‘iston temir yo‘llarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz ta’minlab, harakatdagi sostav taqdim qilishi mumkin.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayogan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston “Termiz - Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘li qurilishida ishtirok etishga tayyorligini
ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston temir yo‘llarning yer ustki qurilmalari uchun materiallar bilan uzluksiz ta’minlab, harakatdagi sostav taqdim qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyul kuni Afg‘oniston hududida “Termiz-Peshovar” temiryo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya
ishlari boshlangandi.Mazkur transafg‘on temir yo‘li loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km bo‘lgan temir yo‘li Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochadi.
Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
O‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda.
"Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga
tayyorligini bildirgan.Ma’lumot uchun, bugun Cho‘lponotada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi bo‘lib
o‘tmoqda.