Putin mutlaqo sog‘lom – AQSh bosh razvedkachisi

© Sputnik / Alexei Druzhinin / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin v formate videokonferensii prinimayet uchastie v torjestvennoy seremonii po sluchayu nachala soorujeniya tretyego energobloka AES "Akkuyu" v tureskoy provinsii Mersin
Prezident Rossii Vladimir Putin v formate videokonferensii prinimayet uchastie v torjestvennoy seremonii po sluchayu nachala soorujeniya tretyego energobloka AES Akkuyu v tureskoy provinsii Mersin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.07.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Lavrov va Dmitriy Peskov ham Putinning sog‘lomligini aytgandi.
TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mutlaqo sog‘lom, dedi AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Kolorado shtatidagi Aspen institutining yillik xavfsizlik forumidagi nutqida.
“Prezident Putinning salomatligi haqida turli mish-mishlar yuradi. Biz aytishimiz mumkinki, u mutlaqo sog‘lom”, dedi u.
Avvalroq, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini ko‘ra olmasligini aytgan edi.
“Prezident Putin har kuni omma oldiga chiqadi. Uni ekranlarda tomosha qilish, nutqlarini o‘qish va tinglashingiz mumkin. Menimcha, aqli raso odamlar prezidentda qandaydir kasallik belgilarini ko‘ra olmaydi. Buni mish-mishlar tarqatayotganlarning vijdoniga qoldiraman”, degan edi Lavrov.
Ma’lumot uchun, 7-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 70 yoshni qarshi oladi. Uning tashriflari, ish yuritishi va o‘zini tutishidan ham Putin mutlaqo sog‘lom ekanligini bilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0