https://oz.sputniknews.uz/20220721/putin-garbni-irqchilik-va-neokolonializmda-aybladi-26408742.html
Putin G‘arbni irqchilik va neokolonializmda aybladi
Putin G‘arbni irqchilik va neokolonializmda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, xuddi g‘arb kelajak borasida o‘z modelini taklif qila olmayotgandek.
2022-07-21T22:34+0500
2022-07-21T22:34+0500
2023-04-05T18:38+0500
kolumnistlar
vladimir putin
g‘arb
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26408099_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_5cb73293ac7284be365e6711b5ad2537.jpg
Ha, albatta, bu “oltin millard” o‘z-o‘zidan oltin bo‘lib qolmagan, ko‘p narsaga erishgan, ammo u amalga oshirilgan g‘oyalar bilan emas, balki Osiyoning ham, Afrikaning ham ko‘plab mamlakatlarini talon-taroj qilib o‘z pozitsiyasini egallagan.Hatto G‘arbning ko‘plab tanqidchilari, biznikilar ham, xorijda ham afsuski, Rossiyaning yangi g‘oyalar va kelajak tartib borasida dunyoga taklif qiladigan hech nimasi yo‘q deb hisoblaydi. Buni tanqid qilish albatta, yaxshi, ammo o‘zingiz globalizatsiyaning vayron bo‘lgan anglo-sakson modeli o‘rniga nimani taklif qilasiz? Vladimir Putin bu savollarga maxsus maqola yoki biror chiqishida javob berishiga va’da bergan edi. Hozir esa u so‘nggi hafta uchun uchinchi marotaba u yoki bu tarzda, yangi davrning kelishi mavzusiga qaytadi, go‘yo bu bilan bo‘lajak nutq uchun qoralamalarini tayyorlayotgandek.Masalan, chorshanba kuni Strategik tashabbuslar agentligining “Yangi darv uchun kuchli g‘oyalar” yangi loyihasini ilgari surish bo‘yicha forumda so‘zga chiqqan prezident yangi dunyo tartibi, “haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlar tobora kuchayib borayotgani” haqida gapirdi:Putin allaqachondan buyon globalizatsiyaning atlantikacha loyihasini tanqid qilib kelgan. Ammo so‘nggi paytlarda u juda kesqin tanqid qiladigan bo‘ldi:Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, xuddi g‘arb kelajak borasida o‘z modelini taklif qila olmayotgandek. Ha, albatta, bu “oltin millard” o‘z-o‘zidan oltin bo‘lib qolmagan, ko‘p narsaga erishgan, ammo u amalga oshirilgan g‘oyalar bilan emas, balki Osiyoning ham, Afrikaning ham ko‘plab mamlakatlarini talon-taroj qilib o‘z pozitsiyasini egallagan. Hindistonni qancha talashgan axir. Shuning uchun mana shu oltin millard elitasi jahon taraqqiyotining boshqa markazlari o‘z rivojlanish variantlarini taqdim etishi mumkinligidan nihoyatda qo‘rqishadi. Ammo g‘arblik va millatlar usti elitalari bor tartibni saqlashga qanchalik harakat qilmasin, baribir yangi davr, jahon tarixida yangi bosqich boshlanmoqda.Ya’ni “oltin millard” shunchaki o‘ziga xoslilik g‘oyasidan kelib chiqmaydi – uning mafkurasi irqchilik, neokolonialistik va asta –sekinlik bilan totalitar bo‘lib bormoqda.Putin globalistik liberalizmni, ya’ni yagona to‘g‘ri ta’lim, insoniyatning porloq kelajagi nazariyasini shunchaki qoralabgina qolmay, sovet davridagi rahbarlar aytgan ayblarni qisman takrorlaydi. O‘sha paytda “globalizatsiya” atamasi bo‘lmagan va G‘arbni shunchaki “imperalistlar” deb atashgan. Demak Putin kommunistik mafkura va propaganda izidan ketaptimi? SSSR va Rossiya, Stalin va Putin o‘rtasida farq yo‘q deb hisoblaydiganlar (ayniqsa AQSh) haq. Ularning hammasi- rus, kommunistlar...Albatta, yo‘q- Putinning ijtimoiy adolat g‘oyalari va kommunistik ideallarga (u bir necha bor bular nasroniylik g‘oyalariga o‘xshashini aytgan) xayrixoh bo‘lishiga qaramay, uni kommunistlar safiga kiritish mumkin emas. Na ichki siyosat, ya’ni jamiyat va davlat qurilishi qarashlarida ham, na tashqi siyosat tomondan ham. Shunchaki Sovet yillarida G‘arb haqida aytilgan gaplar ko‘p jihatidan, jumladan kommunistik yetakchilarimiz jahon tarixi va geosiyosatini juda yaxshi bilganlari uchun ham haqiqat bo‘lib chiqdi. Va G‘arbga bo‘lgan tamomila adolatli ayblovlar esa nafaqat mamlakatimizning to‘g‘ri ichki tuzilishi haqida o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishlari, balki jahon sahnasida kurashishi uchun kerak bo‘lgan.Ha, SSSR o‘z tarixi davomida G‘arbga muqobil, yangi, o‘zgacha dunyo sifatida, hammasi adolatli tashkil etilgan mamlakat sifatida, butun dunyoni yorug‘ kelajak sari o‘z yo‘lidan borishga chorlovchi davlat sifatida harakat qilgan. Bu yerda gap chindan ham mamlakatimizda ahvol qanday bo‘lganida emas, balki u targ‘ib qilgan g‘oyalarda. Qolaversa, u buni o‘zi ularga ishonishni to‘xtatganga qadar (hammasi emas, albatta, ammo elitaning bir qismi yetarli bo‘ldi) muvaffaqiyatli targ‘ib qilib kelayotgan edi.Bizning o‘zimiz kommunistik ideallar va sotsialistik davlatdan voz kechdik va hozir bunga nima - ularning mukammal bo‘lmaganimi yoki o‘zimizning kuchsizligimiz, xatolarimiz asosiy sabab bo‘lgani muhim emas. Muhimi mamlakatimizning dunyoda nafaqat kuchli va mustaqil, balki jasoratli, jahon yetakchiligiga da’vogar davlat sifatida qolganidir.Albatta, SSSR deyarli har doim mafkura va pragmatizmni uyg‘unlashtirdi, jahon inqilobi va (urushdan keyin bu intilish faqat sotsializm dunyosini kengaytirish haqida bo‘ldi) va mohir siyosiy o‘yinga intildi. Ammo, g‘arbiy bo‘lmagan dunyoda mamlakatimiz qiyofasi inqilobiy bo‘lib qoldi. Xitoy va Hindiston, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi – ularning hammasi bizni “dunyoning zo‘rlariga” tikkama-tikka chiqadigan va yanada adolatli dunyoga chaqiradigan deb bildi.Va hozir g‘arbiy dunyo tartibining yarim ming yillik davri yakunlanayotganda, XX asr tarixidagi rolimiz haqidagi xotira bizning foydamizga ishlayapti. Chunki biz G‘arbni doim irqchilik va neokolonializm sababli tanqid qilib kelganmiz. Va buni o‘zida his qilib ko‘rgan g‘arbiy bo‘lmagan dunyo xalqlari bizning tanqidimiz samimiy va halol bo‘lganini biladi. Paradoks yana shundaki, o‘sha g‘arbiy bo‘lmagan dunyo uchun biz- oqlar, umuman olganda G‘arbning bir bo‘lagidek. Shu bilan birga, tariximizning butun Sovet davri biz va boshqa G‘arb xalqlari orasida tub farqni aniq ko‘rsatib kelgan. Bu tafovut mafkuraviy farqdan (va doim bo‘lgan) ancha chuqurroq ekanligini g‘arbiy bo‘lmagan dunyo asosan bilmagan va tushunmagan. Shuning uchun SSSR parchalanib, mamlakatimiz dunyodagi barcha pozitsiyalarini tashlaganda, Janub xalqlari ruslar ham endi boshqa g‘arbliklar kabi bo‘ladi deb o‘ylashgan.Ammo shu asrning o‘zidayoq Rossiya yana G‘arbga qarshi chiqdi. Avvaliga bir qutbli dunyo bilan o‘z kelishmovchiligini bildirish orqali (Putinning Munxendagi nutqi), keyin esa G‘arbga muqobil ko‘p tomonlama tuzilmalarni qurishga kirishish orqali. Ha, bizning kuchimiz Sovet davriga qaraganda ancha kam, g‘arbiy bo‘lmagan dunyo ham o‘shandan buyon ancha kuchliroq bo‘ldi. Va u yerda bizni nafaqat lider sifatida eslashadi, balki Vladimir Putin qanday harakat qilishi va nima deyishini ham yaxshi bilishadi.Ha, Putin ham, Rossiya ham g‘arbiy bo‘lmagan dunyoga anglo-saksonlarning boshi berk ko‘chaga kirib qolgan globalistik loyihasiga muqobil taklif qilmaydi, ammo hozircha muhimi, biz nimani rad etishimiz, nimani qabul qilib bo‘lmas va amalga oshirib bo‘lmas deb bilishimizda. Va boshqalarni ham bu borada bizga qo‘shilishlarini taklif qilamiz. Biz buni zaiflashib borayotgan gegemonning o‘rnini egallash, bitta g‘oya bilan bir insoniyat” yangi dunyosini qurishga chaqirganimiz uchun emas. Yo‘q, biz hammamiz uchun foydali bo‘ladigan ishni birga qilishni istaymiz. Har kim o‘z uyini o‘zi qursin, biz barchamiz esa umumiy yashashning qoidalarini ishlab chiqish, ya’ni mamlakatlarimiz-uyimizning boshqalar bilan munosabatini aniqlab olish bilan shug‘ullanamiz. Bu albatta, dunyo miqyosidagi inqilob emas. Ammo favqulodda muhim taklif. Ayniqsa, qulayotgan gegemonning chala qurilgan Bobil binosi bizning ustimizga qulash xatari bo‘lib turgan hozirgi paytda.Rossiya hammani o‘zi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, ya’ni mas’uliyatli va mustaqil mamlakat bo‘lishga (hech bo‘lmaganda, shunga harakat qilishga) chaqiradi. Chunki:Suverenitet – bu milliy rivojlanish erkinligi va shuning uchun har bir shaxsda alohida: davlatning texnologik, madaniy, intellektual, ta’lim qobiliyati. Va albatta suverenitetning eng muhim tarkibiy qismi bu mas’uliyatli, faol va milliy fikrlaydigan, milliy yo‘naltirilgan fuqarolik jamiyatidir”.Putinning bu so‘zlari faqat Rossiyaga tegishli emas. Bu so‘zlar dunyoning barcha mamlakatlariga, o‘z xalqini, o‘z sivilizatsiyasini asrab qolishni istaydigan, globallashuvning qaynayotgan qozonidan ham, insoniyatning porloq kelajagi sifatida postgumanizmdan ham qanoatlanmaydiganlarning hammasiga qaratilgan. Bundaylar esa- mutlaq ko‘pchilikni tashkil etadi. Bular orasida “oltin milliard” aholisining bir qismi ham bor. Muammolar axir ularda emas, balki ularning o‘z “istisnoligi” ga ishongan, ammo mana shu “o‘ziga xoslilik”, istisnolik teskari ta’sir berishi- ya’ni hamma aynan seni yakkalab qo‘yishini- hech o‘ylab ko‘rmagan elitasida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/15/26408099_340:0:3071:2048_1920x0_80_0_0_b59ccc3e8fc8e657108262a0e767fe77.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
putin g‘arbni irqchilik va neokolonializmda aybladi
putin g‘arbni irqchilik va neokolonializmda aybladi
Putin G‘arbni irqchilik va neokolonializmda aybladi
22:34 21.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, xuddi g‘arb kelajak borasida o‘z modelini taklif qila olmayotgandek.
Ha, albatta, bu “oltin millard” o‘z-o‘zidan oltin bo‘lib qolmagan, ko‘p narsaga erishgan, ammo u amalga oshirilgan g‘oyalar bilan emas, balki Osiyoning ham, Afrikaning ham ko‘plab mamlakatlarini talon-taroj qilib o‘z pozitsiyasini egallagan.
Hatto G‘arbning ko‘plab tanqidchilari, biznikilar ham, xorijda ham afsuski, Rossiyaning yangi g‘oyalar va kelajak tartib borasida dunyoga taklif qiladigan hech nimasi yo‘q deb hisoblaydi. Buni tanqid qilish albatta, yaxshi, ammo o‘zingiz globalizatsiyaning vayron bo‘lgan anglo-sakson modeli o‘rniga nimani taklif qilasiz? Vladimir Putin bu savollarga maxsus maqola yoki biror chiqishida javob berishiga va’da bergan edi. Hozir esa u so‘nggi hafta uchun uchinchi marotaba u yoki bu tarzda, yangi davrning kelishi mavzusiga qaytadi, go‘yo bu bilan bo‘lajak nutq uchun qoralamalarini tayyorlayotgandek.
Masalan, chorshanba kuni Strategik tashabbuslar agentligining “Yangi darv uchun kuchli g‘oyalar” yangi loyihasini ilgari surish bo‘yicha forumda so‘zga chiqqan prezident yangi dunyo tartibi, “haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlar tobora kuchayib borayotgani” haqida gapirdi:
“Bu ulug‘vor o‘zgarishlar albatta qaytarib bo‘lmas. Milliy miqyosda ham, global miqyosda ham uyg‘un, adolatli, ijtimoiy yo‘naltirilgan va xavfsiz dunyo tartibining asoslari va tamoyillari ko‘rib chiqilmoqda- hozirgi yoki aytish mumkinki, ilgari mavjud bo‘lgan, o‘z tabiatiga ko‘ra sivilizatsiya rivojiga to‘sqinlik qilgan bir qutbli dunyo tartibiga muqobil sifatida”.
Putin allaqachondan buyon globalizatsiyaning atlantikacha loyihasini tanqid qilib kelgan. Ammo so‘nggi paytlarda u juda kesqin tanqid qiladigan bo‘ldi:
Oltin millardning umumiy hukmronligi adolatsiz. Nega butun dunyo sayyorasidan aynan mana shu “oltin millard” hammaning ustidan hukmronlik qilishi kerak? Istisnolik xomxayollariga asoslangan o‘z huquqlari, xulq-atvorlarini tiqishtirishi kerak? U xalqlarni birinchi va ikkinchi navlarga bo‘ladi, chunki u o‘z mohiyatiga ko‘ra irqchi va neokolonial. Uning asosidagi globalistik, go‘yoki liberal mafkura tobora totalitarizm xususiyatlarini egallab, ijodiy izlanish, erkin tarixiy bunyodkorlikni ortga tortmoqda.
Shunday tasavvur paydo bo‘lyaptiki, xuddi g‘arb kelajak borasida o‘z modelini taklif qila olmayotgandek. Ha, albatta, bu “oltin millard” o‘z-o‘zidan oltin bo‘lib qolmagan, ko‘p narsaga erishgan, ammo u amalga oshirilgan g‘oyalar bilan emas, balki Osiyoning ham, Afrikaning ham ko‘plab mamlakatlarini talon-taroj qilib o‘z pozitsiyasini egallagan. Hindistonni qancha talashgan axir. Shuning uchun mana shu oltin millard elitasi jahon taraqqiyotining boshqa markazlari o‘z rivojlanish variantlarini taqdim etishi mumkinligidan nihoyatda qo‘rqishadi. Ammo g‘arblik va millatlar usti elitalari bor tartibni saqlashga qanchalik harakat qilmasin, baribir yangi davr, jahon tarixida yangi bosqich boshlanmoqda.
Ya’ni “oltin millard” shunchaki o‘ziga xoslilik g‘oyasidan kelib chiqmaydi – uning mafkurasi irqchilik, neokolonialistik va asta –sekinlik bilan totalitar bo‘lib bormoqda.
Putin globalistik liberalizmni, ya’ni yagona to‘g‘ri ta’lim, insoniyatning porloq kelajagi nazariyasini shunchaki qoralabgina qolmay, sovet davridagi rahbarlar aytgan ayblarni qisman takrorlaydi. O‘sha paytda “globalizatsiya” atamasi bo‘lmagan va G‘arbni shunchaki “imperalistlar” deb atashgan. Demak Putin kommunistik mafkura va propaganda izidan ketaptimi? SSSR va Rossiya, Stalin va Putin o‘rtasida farq yo‘q deb hisoblaydiganlar (ayniqsa AQSh) haq. Ularning hammasi- rus, kommunistlar...
Albatta, yo‘q- Putinning ijtimoiy adolat g‘oyalari va kommunistik ideallarga (u bir necha bor bular nasroniylik g‘oyalariga o‘xshashini aytgan) xayrixoh bo‘lishiga qaramay, uni kommunistlar safiga kiritish mumkin emas. Na ichki siyosat, ya’ni jamiyat va davlat qurilishi qarashlarida ham, na tashqi siyosat tomondan ham. Shunchaki Sovet yillarida G‘arb haqida aytilgan gaplar ko‘p jihatidan, jumladan kommunistik yetakchilarimiz jahon tarixi va geosiyosatini juda yaxshi bilganlari uchun ham haqiqat bo‘lib chiqdi. Va G‘arbga bo‘lgan tamomila adolatli ayblovlar esa nafaqat mamlakatimizning to‘g‘ri ichki tuzilishi haqida o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishlari, balki jahon sahnasida kurashishi uchun kerak bo‘lgan.
Ha, SSSR o‘z tarixi davomida G‘arbga muqobil, yangi, o‘zgacha dunyo sifatida, hammasi adolatli tashkil etilgan mamlakat sifatida, butun dunyoni yorug‘ kelajak sari o‘z yo‘lidan borishga chorlovchi davlat sifatida harakat qilgan. Bu yerda gap chindan ham mamlakatimizda ahvol qanday bo‘lganida emas, balki u targ‘ib qilgan g‘oyalarda. Qolaversa, u buni o‘zi ularga ishonishni to‘xtatganga qadar (hammasi emas, albatta, ammo elitaning bir qismi yetarli bo‘ldi) muvaffaqiyatli targ‘ib qilib kelayotgan edi.
Bizning o‘zimiz kommunistik ideallar va sotsialistik davlatdan voz kechdik va hozir bunga nima - ularning mukammal bo‘lmaganimi yoki o‘zimizning kuchsizligimiz, xatolarimiz asosiy sabab bo‘lgani muhim emas. Muhimi mamlakatimizning dunyoda nafaqat kuchli va mustaqil, balki jasoratli, jahon yetakchiligiga da’vogar davlat sifatida qolganidir.
Albatta, SSSR deyarli har doim mafkura va pragmatizmni uyg‘unlashtirdi, jahon inqilobi va (urushdan keyin bu intilish faqat sotsializm dunyosini kengaytirish haqida bo‘ldi) va mohir siyosiy o‘yinga intildi. Ammo, g‘arbiy bo‘lmagan dunyoda mamlakatimiz qiyofasi inqilobiy bo‘lib qoldi. Xitoy va Hindiston, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi – ularning hammasi bizni “dunyoning zo‘rlariga” tikkama-tikka chiqadigan va yanada adolatli dunyoga chaqiradigan deb bildi.
Va hozir g‘arbiy dunyo tartibining yarim ming yillik davri yakunlanayotganda, XX asr tarixidagi rolimiz haqidagi xotira bizning foydamizga ishlayapti. Chunki biz G‘arbni doim irqchilik va neokolonializm sababli tanqid qilib kelganmiz. Va buni o‘zida his qilib ko‘rgan g‘arbiy bo‘lmagan dunyo xalqlari bizning tanqidimiz samimiy va halol bo‘lganini biladi. Paradoks yana shundaki, o‘sha g‘arbiy bo‘lmagan dunyo uchun biz- oqlar, umuman olganda G‘arbning bir bo‘lagidek. Shu bilan birga, tariximizning butun Sovet davri biz va boshqa G‘arb xalqlari orasida tub farqni aniq ko‘rsatib kelgan. Bu tafovut mafkuraviy farqdan (va doim bo‘lgan) ancha chuqurroq ekanligini g‘arbiy bo‘lmagan dunyo asosan bilmagan va tushunmagan. Shuning uchun SSSR parchalanib, mamlakatimiz dunyodagi barcha pozitsiyalarini tashlaganda, Janub xalqlari ruslar ham endi boshqa g‘arbliklar kabi bo‘ladi deb o‘ylashgan.
Ammo shu asrning o‘zidayoq Rossiya yana G‘arbga qarshi chiqdi. Avvaliga bir qutbli dunyo bilan o‘z kelishmovchiligini bildirish orqali (Putinning Munxendagi nutqi), keyin esa G‘arbga muqobil ko‘p tomonlama tuzilmalarni qurishga kirishish orqali. Ha, bizning kuchimiz Sovet davriga qaraganda ancha kam, g‘arbiy bo‘lmagan dunyo ham o‘shandan buyon ancha kuchliroq bo‘ldi. Va u yerda bizni nafaqat lider sifatida eslashadi, balki Vladimir Putin qanday harakat qilishi va nima deyishini ham yaxshi bilishadi.
Ha, Putin ham, Rossiya ham g‘arbiy bo‘lmagan dunyoga anglo-saksonlarning boshi berk ko‘chaga kirib qolgan globalistik loyihasiga muqobil taklif qilmaydi, ammo hozircha muhimi, biz nimani rad etishimiz, nimani qabul qilib bo‘lmas va amalga oshirib bo‘lmas deb bilishimizda. Va boshqalarni ham bu borada bizga qo‘shilishlarini taklif qilamiz. Biz buni zaiflashib borayotgan gegemonning o‘rnini egallash, bitta g‘oya bilan bir insoniyat” yangi dunyosini qurishga chaqirganimiz uchun emas. Yo‘q, biz hammamiz uchun foydali bo‘ladigan ishni birga qilishni istaymiz. Har kim o‘z uyini o‘zi qursin, biz barchamiz esa umumiy yashashning qoidalarini ishlab chiqish, ya’ni mamlakatlarimiz-uyimizning boshqalar bilan munosabatini aniqlab olish bilan shug‘ullanamiz. Bu albatta, dunyo miqyosidagi inqilob emas. Ammo favqulodda muhim taklif. Ayniqsa, qulayotgan gegemonning chala qurilgan Bobil binosi bizning ustimizga qulash xatari bo‘lib turgan hozirgi paytda.
Rossiya hammani o‘zi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, ya’ni mas’uliyatli va mustaqil mamlakat bo‘lishga (hech bo‘lmaganda, shunga harakat qilishga) chaqiradi. Chunki:
Faqat chinakam suveren davlatlar yuqori o‘sish dinamikasini ta’minlashi, insonlar hayotining meyorlari va sifati, an’anaviy qadriyatlar va yuksak insonparvarlik g‘oyalarini himoya qilishda boshqalarga o‘rnak bo‘la oladi. Bunda inson vosita emas, balki oliy maqsadga aylanadi.
Suverenitet – bu milliy rivojlanish erkinligi va shuning uchun har bir shaxsda alohida: davlatning texnologik, madaniy, intellektual, ta’lim qobiliyati. Va albatta suverenitetning eng muhim tarkibiy qismi bu mas’uliyatli, faol va milliy fikrlaydigan, milliy yo‘naltirilgan fuqarolik jamiyatidir”.
Putinning bu so‘zlari faqat Rossiyaga tegishli emas. Bu so‘zlar dunyoning barcha mamlakatlariga, o‘z xalqini, o‘z sivilizatsiyasini asrab qolishni istaydigan, globallashuvning qaynayotgan qozonidan ham, insoniyatning porloq kelajagi sifatida postgumanizmdan ham qanoatlanmaydiganlarning hammasiga qaratilgan. Bundaylar esa- mutlaq ko‘pchilikni tashkil etadi. Bular orasida “oltin milliard” aholisining bir qismi ham bor. Muammolar axir ularda emas, balki ularning o‘z “istisnoligi” ga ishongan, ammo mana shu “o‘ziga xoslilik”, istisnolik teskari ta’sir berishi- ya’ni hamma aynan seni yakkalab qo‘yishini- hech o‘ylab ko‘rmagan elitasida.