https://oz.sputniknews.uz/20220721/pul-otkazmalarining-qanchasi-rubl-korinishida-kelib-tushgan-26408950.html
Pul o‘tkazmalarining qanchasi rubl ko‘rinishida kelib tushgan
Pul o‘tkazmalarining qanchasi rubl ko‘rinishida kelib tushgan
Sputnik O‘zbekiston
2022 yilning birinchi yarmida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd dollarni tashkil etgan. 21.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-21T19:22+0500
2022-07-21T19:22+0500
2022-07-21T19:22+0500
iqtisod
markaziy bank
rubl
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/02/23724114_360:478:3151:2048_1920x0_80_0_0_de32c3d0e3ba0e5de09f9f2a6ef57a89.jpg
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yarim yillikda pul o‘tkazmalarining 199 mln dollarlik qismi rubl ko‘rinishida kelib tushgan. Bu haqda Markaziy bankdagi brifingda ma’lum qilindi.Bank raisi Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, pul inflyatsiyasining 2023-yil uchun mo‘ljallangan targeti 2024-yilga ko‘chadi. Kelayotgan pul o‘tkazmalarining ichki valyuta bozorida qanday harakatlanayotganligi bu juda muhim. Shu o‘rinda, pul o‘tkazmalari oshganiga ta’sir ko‘rsatgan katta omillardan biri bu naqd pulda eksport qilish hajmining ko‘payganligi bo‘lgan.Markaziy bank pul o‘tkazmalari bo‘yicha holat omillari:Dastlabki baholashlarga ko‘ra, iyun oyi eksportining 10 foizi atrofidagi tushumi naqd pul ko‘rinishida yuz bergan.Mart oyidan boshlab Markaziy bank markazlashgan tarzda qo‘shma shtatlar Federal banklardan naqd valyuta olib kelmoqda. Biroq bu tijorat banklari olib kelishlari mumkin degani emas. O‘tgan davrda 2,5 mlrd dollardan ziyod naqd valyuta olib kelib tarqatilgan.Qayd etish joizki, 2022-yilning birinchi yarmida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd. dollarni tashkil etgan. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 96 foizga (3,2 mlrd.dollar) oshgan. Birgina iyunda amalga oshirilgan o‘tkazmalar miqdori 2,3 mlrd. dollarga yetgan.Mavzuga oid:Rossiyadan pul o‘tkazmalarini qabul qilishda muammo yo‘q - Qo‘chqorov
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/02/23724114_210:0:2941:2048_1920x0_80_0_0_e220aaa3fabcefa8d5b70edb8eb091bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank, rubl
iqtisod, markaziy bank, rubl
Pul o‘tkazmalarining qanchasi rubl ko‘rinishida kelib tushgan
2022 yilning birinchi yarmida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd dollarni tashkil etgan.
TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, yarim yillikda pul o‘tkazmalarining 199 mln dollarlik qismi rubl ko‘rinishida kelib tushgan. Bu haqda Markaziy bankdagi brifingda ma’lum qilindi.
Bank raisi Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, pul inflyatsiyasining 2023-yil uchun mo‘ljallangan targeti 2024-yilga ko‘chadi. Kelayotgan pul o‘tkazmalarining ichki valyuta bozorida qanday harakatlanayotganligi bu juda muhim. Shu o‘rinda, pul o‘tkazmalari oshganiga ta’sir ko‘rsatgan katta omillardan biri bu naqd pulda eksport qilish hajmining ko‘payganligi bo‘lgan.
Markaziy bank pul o‘tkazmalari bo‘yicha holat omillari:
Rossiyada naqd valyuta va naqdsiz valyuta kursi o‘rtasida 15-30 foizgacha farq yuzaga kelgan.
Migrantlar norasmiy pul o‘tkazmalarini rasmiy kanallar orqali o‘tkazishga o‘tgan.
Dastlabki baholashlarga ko‘ra, iyun oyi eksportining 10 foizi atrofidagi tushumi naqd pul ko‘rinishida yuz bergan.
Mart oyidan boshlab Markaziy bank markazlashgan tarzda qo‘shma shtatlar Federal banklardan naqd valyuta olib kelmoqda. Biroq bu tijorat banklari olib kelishlari mumkin degani emas. O‘tgan davrda 2,5 mlrd dollardan ziyod naqd valyuta olib kelib tarqatilgan.
Qayd etish joizki, 2022-yilning birinchi yarmida respublikaga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o‘tkazmalari 6,5 mlrd. dollarni tashkil etgan. Bu 2021-yilning mos davriga nisbatan 96 foizga (3,2 mlrd.dollar) oshgan. Birgina iyunda amalga oshirilgan o‘tkazmalar miqdori 2,3 mlrd. dollarga yetgan.