Xitoyda bubonli vabo aniqlandi

© AFP 2023 / Hector RetamalVolonter v rayone Szin’an v Shanxae
Volonter v rayone Szin’an v Shanxae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy shimoli-g‘arbida bubonli vabo bilan kasallangan bemor qayd etildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Xitoy shimoli-g‘arbidagi Ninsya-Xuey avtonom tumanidagi Inchuan shahar okrugida bubonli vabo bilan kasallanish holati aniqlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi vaboning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy shtabga tayanib xabar bergan.
Agentlikning manbaga tayanib xabar berishicha, bemor Inchuanga Ichki Mo‘g‘uliston avtonom tumanidan qaytgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ninsya-Xueyda vaboning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda chora-tadbirlarning to‘rtinchi darajasi joriy qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, vabo - o‘lim darajasi yuqori bo‘lgan o‘tkir yuqumli kasallik.U, asosan kemiruvchilarning mo‘ynasida yashaydigan burgalar orqali tarqaladi.

Mavzuga oid:

Afg‘onistonda vabo tarqalishi sabab qo‘shni davlatlardan kelayotganlar nazorati kuchaytirildi
Xitoy AQShdan Ukrainadagi biolaboratoriyalar haqidagi ma’lumotlarni ochiqlashni talab qildi
Yangiliklar lentasi
0