https://oz.sputniknews.uz/20220720/toshkentdan-omsk-perm-va-ufaga-qatnovchi-avtobuslar-harakati-qayta-tiklanadi-26361593.html
Toshkentdan Omsk, Perm va Ufaga qatnovchi avtobuslar harakati qayta tiklanadi
Toshkentdan Omsk, Perm va Ufaga qatnovchi avtobuslar harakati qayta tiklanadi
Sputnik O‘zbekiston
“Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishida ham qatnovlar amalga oshirilishi kutilmoqda. 20.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-20T16:13+0500
2022-07-20T16:13+0500
2023-04-05T18:38+0500
jamiyat
avtobus
transport vazirligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/05/22561341_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_e9c3288054d5ad156acb7fe7bcee60d1.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda “Toshkent – Omsk”, “Toshkent – Perm”, “Toshkent – Ufa” yo‘nalishidagi avtobus qatnovlari bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Bu haqida AOKAda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.Ashurmatovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik “Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari tayyorlab, kelishish uchun Rossiya Transport vazirligiga yuborgan.Bugundan boshlab “Toshkent” avtovokzali orqali “Toshkent–Sankt-Peterburg” yo‘nalishida qatnovlar boshlandi.Avtobus qatnovlarlari haftada ikki marotaba chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 1 mln 250 ming so‘m.18 iyuldan boshlab qayta tiklangan avtobus yo‘nalishlari:.Mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MChJ korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishga chiqayotgan har bir avtobusga 3 nafardan haydovchi biriktirilgan.Yo‘nalishlarga chiqishdan oldin har bir haydovchi tibbiy ko‘rikdan, avtobuslar esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qatnov davomida har to‘rt soatda haydovchilar almashadi.Eslatib o‘tamiz, 18-iyuldan O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi qayta tiklandi. Qatnov koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yil martida vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi. Hozir avtobuslar Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnashni boshlagan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/05/22561341_0:2:2727:2047_1920x0_80_0_0_233eedb367f0dadb5b272054a949eb7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, avtobus, transport vazirligi, rossiya
jamiyat, avtobus, transport vazirligi, rossiya
Toshkentdan Omsk, Perm va Ufaga qatnovchi avtobuslar harakati qayta tiklanadi
16:13 20.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) “Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishida ham qatnovlar amalga oshirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda “Toshkent – Omsk”, “Toshkent – Perm”, “Toshkent – Ufa” yo‘nalishidagi avtobus qatnovlari bosqichma-bosqich qayta tiklanadi. Bu haqida AOKAda Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma’lum
qilindi. Ashurmatovning so‘zlariga ko‘ra, vazirlik “Toshkent – Krasnodar” yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi hujjatlari tayyorlab, kelishish uchun Rossiya Transport vazirligiga yuborgan.
Bugundan boshlab “Toshkent” avtovokzali orqali “Toshkent–Sankt-Peterburg” yo‘nalishida qatnovlar boshlandi.
Avtobus qatnovlarlari haftada ikki marotaba chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Chipta narxi 1 mln 250 ming so‘m.
18 iyuldan boshlab qayta tiklangan avtobus yo‘nalishlari:.
“Toshkent–Moskva” yo‘nalishi- haftada ikki marotaba dushunba va payshanba kunlari. Chipta narxi 1 mln so‘m.
“Toshkent-Qozon” yo‘nalishi- haftaning seshanba va juma kunlari. Chipta narxi 800 ming so‘m.
“ Xorjiy davlatlarga avtobus qatnovlari orqali jo‘nab ketishni rejalashtirayotgan fuqarolarimizdan turli-tuman noqonuniy ravishda faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchilar xizmatlaridan foydalanmasliklarini so‘rab qolamiz. “Toshkent” avtovokzali orqali tashkil etilayotgan reyslarda ishonchli xizmat ko‘rsatilishi kafolatlanadi”, deyiladi xabarda.
Mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar “Uzautotrans service” MChJ korxonasining “Yutong” rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishga chiqayotgan har bir avtobusga 3 nafardan haydovchi biriktirilgan.
Yo‘nalishlarga chiqishdan oldin har bir haydovchi tibbiy ko‘rikdan, avtobuslar esa texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qatnov davomida har to‘rt soatda haydovchilar almashadi.
Eslatib o‘tamiz, 18-iyuldan O‘zbekiston va Rossiya shaharlari o‘rtasida avtobus qatnovi
qayta tiklandi. Qatnov koronavirus pandemiyasi sabab 2020-yil martida vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi. Hozir avtobuslar Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga qatnashni boshlagan.