https://oz.sputniknews.uz/20220720/toshkentda-shota-rustaveli-kochasi-boylab-tramvay-harakatini-tiklash-rejalashtirilmoqda-26359626.html
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklash rejalashtirilmoqda
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklash rejalashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Tbilisi meriyasi Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay liniyasini tiklashni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. 20.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-20T14:02+0500
2022-07-20T14:02+0500
2022-07-20T14:02+0500
jamiyat
toshkent
tramvay
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/545/47/5454712_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_830958441df1c77220c70a6a961ba2af.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasida "shahar ramzi" — tramvay harakatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tbilisi meriyasi matbuot xizmati Toshkent hokimining bayonotiga asoslangan holda xabar berdi.O‘zbekistonda Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili boshchiligida delegatsiya tarkibida tashrif bilan bo‘lgan Tbilisi meri Kaxa Kaladze Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan birgalikda Shota Rustaveli haykali poyiga gul qo‘ygan.Toshkent hokimining so‘zlariga ko‘ra, poytaxt hokimiyati Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirmoqda.Qayd etish joizki, Toshkent hokimligi hozircha bu borada rasmiy ma’lumot bermagan. Sputnik tahririyati izoh olish maqsadida hokimlikka so‘rov yo‘llagan.Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — "Beshqayrag‘och" dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopilgan va shu bilan poytaxt tramvayining 115-yillik tarixi yakunlangan edi. 2022-yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish rejasi borligini ma’lum qilgan edi.Maahlliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda tramvay qurilishi 2023-yildan boshlanishi kutilmoqda. Tramvay harakatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlangan.Mavzuga oid:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/545/47/5454712_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_d997b9d159641e4e9017067c94b9439f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, tramvay
jamiyat, toshkent, tramvay
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklash rejalashtirilmoqda
Tbilisi meriyasi Toshkent hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay liniyasini tiklashni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi Shota Rustaveli ko‘chasida "shahar ramzi" — tramvay harakatini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tbilisi meriyasi matbuot xizmati Toshkent hokimining bayonotiga asoslangan holda
xabar berdi.
O‘zbekistonda Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili
boshchiligida delegatsiya tarkibida tashrif bilan bo‘lgan Tbilisi meri Kaxa Kaladze Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan birgalikda Shota Rustaveli haykali poyiga gul qo‘ygan.
Toshkent hokimining so‘zlariga ko‘ra, poytaxt hokimiyati Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab tramvay harakatini tiklashni rejalashtirmoqda.
Qayd etish joizki, Toshkent hokimligi hozircha bu borada rasmiy ma’lumot bermagan. Sputnik tahririyati izoh olish maqsadida hokimlikka so‘rov yo‘llagan.
Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning 2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — "Beshqayrag‘och" dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi
17-yo‘nalish yopilgan va shu bilan poytaxt tramvayining 115-yillik tarixi yakunlangan edi. 2022-yil fevralida prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga tramvayni qaytarish rejasi borligini
ma’lum qilgan edi.
Maahlliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkentda tramvay qurilishi 2023-yildan boshlanishi kutilmoqda. Tramvay harakatini tashkil etish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlangan.