https://oz.sputniknews.uz/20220720/qoraqalpogiston-deputatlari-prezidentga-ikki-masala-yuzasidan-murojaat-etdi-26362115.html
Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentga murojaat yo‘llashdi
Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentga murojaat yo‘llashdi
Sputnik O‘zbekiston
Jo‘qorg‘i Kengesda Qoraqalpog‘istonda joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqildi. 20.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-20T15:31+0500
2022-07-20T15:31+0500
2022-07-20T17:13+0500
qoraqalpog‘iston
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/02/25842602_0:25:1024:601_1920x0_80_0_0_c6f5608bc9fc49d92237af4fc7bc467f.jpg
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 20-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XXXI sessiyasida deputatlar O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.JK matbuot xizmatining xabar berishicha, respublika parlamenti 2-iyuldan boshlab bir oy muddatga joriy etilgan favqulodda holatni yumshatishni so‘ragan.Avvalroq "Yangi O‘zbekiston" gazetasi murojaatda favqulodda holatni bekor qilish va ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etishni so‘ragani haqida xabar bergan edi. Ayni vaqtda mazkur xabar tahrirlangan.Avvalroq Qoraqalpog‘istondagi vaziyatning barqarorlashgani hisobga olib, komendantlik soatining amal qilish vaqti qisqartirilgandi.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzg‘unchilik davomida 21 kishi vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlarning mol-mulklari, davlat va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga 3 mlrd 147 mln so‘m zarar yetkazilgan.O‘zbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda ro‘y bergan voqealarni O‘zbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/02/25842602_95:0:930:626_1920x0_80_0_0_c65e26d7126255701d7e1cb3db4a52a3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qoraqalpog‘iston, siyosat
qoraqalpog‘iston, siyosat
Qoraqalpog‘iston deputatlari prezidentga murojaat yo‘llashdi
15:31 20.07.2022 (yangilandi: 17:13 20.07.2022) Jo‘qorg‘i Kengesda Qoraqalpog‘istonda joriy etilgan favqulodda holatni bekor qilish masalasi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 20 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XXXI sessiyasida deputatlar O‘zbekiston prezidentiga murojaat yo‘llash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.
JK matbuot xizmatining
xabar berishicha, respublika parlamenti 2-iyuldan boshlab bir oy muddatga joriy etilgan favqulodda holatni yumshatishni so‘ragan.
Avvalroq "Yangi O‘zbekiston" gazetasi murojaatda favqulodda holatni bekor qilish va ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda gumonlangan aybsiz fuqarolarni, xususan, yoshlarni afv etishni so‘ragani haqida
xabar bergan edi. Ayni vaqtda mazkur xabar tahrirlangan.
Avvalroq Qoraqalpog‘istondagi vaziyatning barqarorlashgani hisobga olib, komendantlik soatining amal qilish vaqti
qisqartirilgandi.Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Nukusdagi ommaviy tartibsizlik va buzg‘unchilik davomida 21 kishi
vafot etgan, 250 nafardan ziyod kishi jarohat olgan. Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlarning mol-mulklari, davlat va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga 3 mlrd 147 mln so‘m zarar yetkazilgan.
O‘zbekiston hukumati 1–2 iyul kunlari Nukusda ro‘y bergan voqealarni O‘zbekiston Respublikasining konstitutsion tuzumi, hududiy yaxlitligi va birligini vayron qilishga urinish deb baholagan.
Bosh prokuratura O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Hokimiyatni bosib olish yoki konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) va boshqa moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy
ish ochgan. Dastlabki tergov doirasida 14 nafar shaxs hibsga olingan.