Jazirama sababli metro poyezdlari tezligi kamaytirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPoyezda sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena
Poyezda sergeliyskoy linii Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.07.2022
Obuna bo‘lish
Yer usti metro harakati yo‘llaridagi harorat +65 darajaga yetdi.
TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlar harakat tezligi 25 km/soatgacha tushirildi. Bu haqida "Toshkent metropoliteni" xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Yer usti halqa yo‘li" va "Sergeli" yo‘lining temir yo‘llari va ularning po‘lat qismlaridagi harorat +65 darajaga yetgan.

“Poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xafsizligini ta’minlash maqsadida belgilangan qoidalarga ko‘ra, yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlar harakat tezligi 25 km/soatgacha tushirildi”, - deyiladi xabarda.

Qolaversa, poyezdlar harakat jadvalini meyorda saqlash maqsadida "Chilonzor" yo‘nalishining yer osti yo‘li qismida ("Olmazor"-"Buyuk ipak yo‘li") poyezdlar tezligi 40 km/soatga tushirildi.
Ma’lumot uchun, avvalroq anomal issiq ob-havo sabab barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlar tezligiga cheklovlar kiritilgandi. Natijada yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvali, ayniqsa jo‘nash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida o‘zgarish bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayishi va 21-23 iyul kunlari havo harorati +43...+45 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +47 gacha isishini prognoz qilgandi. Bugun poytaxtda havoning maksimal harorati +39-41 darajaga yetdi.
Yangiliklar lentasi
0