Xotin-qizlarga imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratiladi

© Sputnik / Vitaliy AnkovStudenti v auditorii
Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Tijorat banklariga Davlat budjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etildi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikadagi barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlari uchun imtiyozli shartlarda ta’lim kreditlari ajratiladi. Bu 18-iyul kuni prezident imzolagan qarorda nazarda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjat ta’lim tashkilotlarida tahsil olish istagidagi xotin-qizlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan.
Unga ko‘ra, tijorat banklariga Davlat budjetidan mablag‘ ajratishning yangi tizimi joriy etildi.
Kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakli uchun xotin-qizlarga:
tijorat banklari Moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratadi;
ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7-yil davomida qaytariladi;
ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkalarini so‘ndirish Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, ularni tijorat banklariga to‘lash orqali amalga oshiriladi;
ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatidaqatnashishiga ruxsat etiladi.
Shuningdek, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0