Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarining yangi sanasi ma’lum qilindi

© AP Photo / Kin Cheung,PoolEstafeta ognya igr, arxivnoe foto
Estafeta ognya igr, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy uchinchi marta Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi. XIX Osiyo o‘yinlari Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Koronavirus sabab qoldirilgan XIX Osiyo o‘yinlari 2023-yil 23-sentabrdan 8-oktabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Osiyo Olimpiya kengashi bayonotida ma’lum qilingan.
Osiyo o‘yinlari 2022-yil 10-15 sentabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. 6-may kuni tashkilotchilar o‘yinlar noma’lum muddatga qoldirilganini xabar qilishdi.
Osiyo o‘yinlari uchinchi marta Xitoyda o‘tkaziladi. 1990-yilda musobaqalar Pekinda, 2010-yilda esa Guanchjouda o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yilgi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida medalga ega chiqqan o‘zbekistonlik sportchilar 2 ming dollardan 5 ming dollargacha pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Yangiliklar lentasi
0