https://oz.sputniknews.uz/20220719/transafgon-temir-yoli-loyihasini-amalga-oshirish-boyicha-amaliy-ishlar-boshlandi-26315058.html
Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu temir yo‘li loyihasini “Asr loyihasi” deb atagan. 19.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-19T11:33+0500
2022-07-19T11:33+0500
2022-07-19T11:33+0500
iqtisod
transafg‘on temir yo‘li
afg‘oniston
o‘zbekiston
pokiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6c3c9470cddf389b424fdff6f67b6f7a.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 18-iyul kuni Afg‘oniston hududida "Termiz-Peshovar" temiryo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA."Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" transafg‘on temir yo‘li loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km bo‘lgan temir yo‘li Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochadi.Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.Transafg‘on temir yo‘lida dala ishlari may oyining oxiriga qadar boshlanadiO‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda."Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga tayyorligini bildirgan.Mavzuga oid:
o‘zbekiston
pokiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/13/26314662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_f81d4c776c8f3df924152b6553d21b6f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, transafg‘on temir yo‘li, afg‘oniston, o‘zbekiston, pokiston
iqtisod, transafg‘on temir yo‘li, afg‘oniston, o‘zbekiston, pokiston
Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu temir yo‘li loyihasini “Asr loyihasi” deb atagan.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. 18 iyul kuni Afg‘oniston hududida "Termiz-Peshovar" temiryo‘l aloqasini o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston, Pokiston va Afg‘onistonning qo‘shma loyihasining yo‘nalishi va texnik-iqtisodiy asoslarini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiya ishlari boshlandi, deb
xabar bermoqda “Dunyo” AA.
"Termiz – Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar" transafg‘on temir yo‘li loyihasining taxminiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uzunligi 600 km bo‘lgan temir yo‘li Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun Pokistonning yirik dengiz portlariga chiqish yo‘lini ochadi.
Loyiha to‘liq amalga oshirilgach, Pokistondan O‘zbekistonga yuk tashish 35 kun emas, 3-5 kun davom etishi, bitta standart yuk konteynerini tashish narxi qariyb uch barobarga arzonlashishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalish bo‘yicha yuk tashish hajmi 10 million tonnaga yetishi mumkin.
O‘zbekiston bu loyihani "asr loyihasi" deb atamoqda. Xususan, transafg‘on temir yo‘li respublika eksport salohiyatini oshirishiga va tranzit xarajatlarni kamaytirishiga, Janubiy Osiyo bozorlariga va dengiz portlariga yaqin va arzon chiqish yo‘li ochishiga umid qilmoqda.
"Rossiya temir yo‘llari" O‘zbekiston bilan birgalikda transafg‘on temir yo‘lining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga
tayyorligini bildirgan.