O‘zbekistonda aholisi eng ko‘p va eng kam hududlar ma’lum qilindi
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnik Sabantuy v sentralnom parke Tashkenta
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning doimiy aholisi eng ko‘p hududi Samarqand viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisoblanadi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi eng ko‘p hududi Samarqand viloyati, eng kami esa Sirdaryo viloyati hisoblanadi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Hududlarning doimiy aholisi soni quyidagicha:
Samarqand viloyati – 4 mln 69,3 ming kishi;
Farg‘ona viloyati – 3 mln 931,1 ming kishi;
Qashqadaryo viloyati – 3 mln 438,6 ming kishi;
Andijon viloyati – 3 mln 283,8 ming kishi;
Toshkent viloyati – 2 mln 962,5 ming kishi;
Namangan viloyati – 2 mln 959,3 ming kishi;
Toshkent shahri – 2 mln 909,5 ming kishi;
Surxondaryo viloyati – 2 mln 771,1 ming kishi;
Buxoro viloyati – 1 mln 990,4 ming kishi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 mln 962,4 ming kishi;
Xorazm viloyati – 1 mln 936,6 ming kishi;
Jizzax viloyati – 1 mln 457,7 ming kishi;
Navoiy viloyati – 1 mln 044,0 ming kishi;
Sirdaryo viloyati – 887,1 ming kishi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Avvalroq O‘zbekistonning doimiy aholisi 1-iyul holatiga ko‘ra 35,6 mln kishini tashkil etayotgani xabar qilingan edi.