O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar soni deyarli 3 baravarga ko‘paydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKoreyskiy turisti v Tashkente
Koreyskiy turisti v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Iyun oyida qo‘shni davlatlaridan jami 414 763 nafar turist kelgan.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekistonga 2022-yilning iyun oyida chet eldan 493 ming 888 nafar sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307 146 nafarga yoki deyarli 3 baravarga ko‘pdir. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Iyun oyida qo‘shni davlatlaridan jami 414 763 nafar turist kelgan. Xususan, Qozog‘istondan 178 118 nafar, Qirg‘izistondan 123 290 nafar, Tojikistondan esa 113 216 nafar.
Shuningdek, MDH davlatlaridan jami 56 547 nafar sayyoh O‘zbekistonda bo‘lgan. Xususan, Rossiyadan 53 421 nafar, Ozarbayjondan 1227 nafar turist respublikaga qiziqish bildirgan.
Uzoq xorij davlatlaridan iyun oyida 22 578 kishi mehmon bo‘lgan. Jumladan, ularning 1504 nafari AQSh, 1495 nafari Germaniya, 1477 nafari Hindiston, 1685 nafari Janubiy Koreya, 7308 nafari esa Turkiyadan kelganlar.
Turizm: Bir yilda O‘zbekistonga qancha daromad keladi?
Avvalroq rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonda o‘rtacha 635 dollar sarflashlari xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0