Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Olimlar yog‘li taom miyaga qanday ta’sir qilishini aniqlashdi

© Depositphotos / RawpixelPrazdnovanie Dnya blagodareniya
Prazdnovanie Dnya blagodareniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, yog‘li ovqat sabab miyada kognitiv funksiyalar buzilishi kuzatilgan
Tadqiqot xulosasi Metabolic Brain Disease jurnalida e’lon qilingan maqolada keltirib o‘tilgan. Unga ko‘ra, yog‘li ovqatlar iste’mol qilganda, sichqonlarning kognitiv funksiyalarida buzilishlar kuzatilgan.
30 kun davomida sichqonlarni faqat yog‘li ovqat bilan to‘yintirishgan. Natijada qandli diabet, kognitiv funksiyalarining buzilishi, shuningdek, tashvishlanish hissi, tushkunlik va Alsgeymer kasalligiga xos bo‘lgan alomatlar aniqlangan.
Neyrodegenerativ kasallik rivojlanishiga moyil bo‘lgan genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlar kognitiv funksiyaning sezilarli darajada yomonlashishini va miyadagi patologik o‘zgarishlar kuzatilgan. Kognitiv zaiflashgan sichqonlarda yomon metabolizm tufayli vazn ortgan.
Shunday qilib, semizlik va diabet markaziy nerv tizimi faoliyatini buzadi. Bu bilan ruhiy tushkulik hamda kognitiv funksiyalarning buzilishi kelib chiqadi.
Mutaxassislarning fikricha, mazkur tadqiqotni surunkali semirish va diabetning Alsgeymer kasalligi bilan bog‘liqligi ham tasdiqlaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday kasallikka chalinish holati 2050-yilga borib 100 mln.ga yetishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0