Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak - mutaxassis tavsiyasi

© Foto : NASASxema vozniknoveniya geomagnitnoy buri na Zemle
Sxema vozniknoveniya geomagnitnoy buri na Zemle - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.07.2022
Obuna bo‘lish
Quyosh zarralari sayyoraga bugun yetib kelishi va geomagnit hodisasi 20 va 21-iyulda ham davom etishi prognoz qilinmoqda.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Shu kunlarda mamlakatda anomal issiq harorat hukm surmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, quyoshda kuchli chaqnash yuz berib, magnit bo‘ronlari kuzatilishi kutilyapti.
AQShning Milliy Aeronavtika va Fazo ma’muriyati (NASA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, chaqnash natijasida Yer sayyorasiga juda ko‘p miqdordagi quyosh zarralari tushib, ular magnitosfera bilan to‘qnashgach, G2 yoki G3 sinfidagi geomagnit bo‘ronini keltirib chiqaradi.

Quyosh zarralari sayyoraga bugun yetib kelishi va geomagnit hodisasi 20 va 21-iyulda ham davom etishi prognoz qilinmoqda.

Tibbiyot fanlari doktori Yoqutxon Majidova magnit bo‘ronidan qanday himoyalanishga oid tavsiya berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, magnit bo‘ronidan ayniqsa, arterial gipertoniya xastaligiga chalingan bemorlar ko‘proq aziyat chekadi.
Bunda qon bosimining oshib yoki pasayib ketishi salomatlikka jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin.
Bu holat organizmda tashqi stresslarga chidamlilikni ta’minlaydigan melatonin moddasi ishlab chiqarilishining kamayishi bilan izohlanadi.
Qolaversa, magnit bo‘roni bronxial astma bilan og‘rigan odamlar salomatligida ham muammolarni keltirib chiqarishi kuzatilgan.
Mutaxassis fikricha, bunday vaziyatda, avvalo, ovqatlanish ratsioniga alohida e’tibor qaratish va ko‘proq suyuqlik ichish lozim.
Ho‘l mevalar, qolaversa, mayiz va turshak kabi kaliyga boy mahsulotlar, tarkibida C vitamini ko‘p bo‘lgan ne’matlardan iste’mol qilish zarur. Bu anomal issiq harorat uchun ham mos tavsiyadir.
Magnit bo‘roni kuzatiladigan kunlarda spirtli ichimliklardan butunlay voz kechish hamda yog‘li, achchiq, sho‘r taomlar iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi. Chunki tuz qon bosimi oshishiga sabab bo‘ladi.
Tinchlantiruvchi xususiyatga ega choylardan ichish ham maqsadga muvofiq. O‘z navbatida, mutaxassislar ortiqcha zo‘riqtiruvchi ishlar va mashg‘ulotlar bilan vaqtincha shug‘ullanmaslikni maslahat berishadi.
Surunkali kasalliklarga chalinganlar esa o‘zlari bilan shifokorlar tomonidan buyurilgan dori-darmonlarni olib yurishlari hamda qon bosimini tez-tez nazorat qilib turishlari lozim.
Kun davomida bir necha marta dush qabul qilish ham katta foyda beradi.
Yangiliklar lentasi
0