https://oz.sputniknews.uz/20220719/erdogan-shvetsiya-va-finlyandiyani-ogohlantirdi-26319232.html
Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiyani ogohlantirdi
Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiyani ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Shvetsiya va Finlyandiya Anqaraning shartlarini bajarmasa, ularning NATOga qo‘shilish jarayoni muzlatib qo‘yilishi mumkin.
2022-07-19T13:19+0500
2022-07-19T13:19+0500
2022-07-19T13:19+0500
dunyoda
rejep tayyip erdog‘an
turkiya
shvetsiya
finlyandiya
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24612934_0:0:1875:1054_1920x0_80_0_0_71f61a5b590549d38767ba177432cfd8.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kecha, 18-iyul kuni Shvetsiya va Finlyandiya terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash bo‘yicha shartlarni bajarmasa, Anqara bu ikki davlatning NATOga qo‘shilish jarayonini muzlatib qo‘yishi mumkinligini aytdi. RIA Novosti.Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari joriy yil 28-iyun kuni Madriddagi NATO sammiti doirasida shimoliy davlatlarning alyansga kirishi yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlaydigan memorandumni imzoladi. Hujjatda terrorchilikka qarshi kurashda Anqara bilan, xususan, Kurdiston ishchilar partiyasi, uning bo‘limlari, shuningdek, Turkiya terrorchi tashkilot deb hisoblagan “FETO tashkiloti” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Turkiya hukumati dastlab Shvetsiya va Finlyandiyadan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yozma majburiyatlarni talab qilgan.18 may kuni ikki shimoliy davlat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Kutilganidek, ular Madriddagi alyans sammitiga qo‘shilish taklifini olishlari kerak edi, biroq Turkiya vetosi bu jarayonga to‘sqinlik qildi.
turkiya
finlyandiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/11/24612934_75:0:1798:1292_1920x0_80_0_0_e2d8961eaf7d16285b98003b51bf50d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
erdog‘an shvetsiya va finlyandiyani ogohlantirdi
erdog‘an shvetsiya va finlyandiyani ogohlantirdi
Erdog‘an Shvetsiya va Finlyandiyani ogohlantirdi
Shvetsiya va Finlyandiya Anqaraning shartlarini bajarmasa, ularning NATOga qo‘shilish jarayoni muzlatib qo‘yilishi mumkin.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an kecha, 18-iyul kuni Shvetsiya va Finlyandiya terrorchilik tashkilotlariga qarshi kurash bo‘yicha shartlarni bajarmasa, Anqara bu ikki davlatning NATOga qo‘shilish jarayonini muzlatib qo‘yishi mumkinligini aytdi.
RIA Novosti. “Yana bir bor takrorlayman, agar talablarimiz bajarilmasa, jarayon sekinlashadi. Ayniqsa, Shvetsiya to‘g‘ri munosabat bildirmayotganini ko‘rib turibmiz”, degan Erdog‘an vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan keyin xalqqa murojaatida.
Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya tashqi ishlar vazirlari joriy yil 28-iyun kuni Madriddagi NATO sammiti doirasida shimoliy davlatlarning alyansga kirishi yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlaydigan memorandumni imzoladi.
Hujjatda terrorchilikka qarshi kurashda Anqara bilan, xususan, Kurdiston ishchilar partiyasi, uning bo‘limlari, shuningdek, Turkiya terrorchi tashkilot deb hisoblagan “FETO tashkiloti” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Turkiya hukumati dastlab Shvetsiya va Finlyandiyadan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yozma majburiyatlarni talab qilgan.
18 may kuni ikki shimoliy davlat NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi. Kutilganidek, ular Madriddagi alyans sammitiga qo‘shilish taklifini olishlari kerak edi, biroq Turkiya vetosi bu jarayonga to‘sqinlik qildi.