https://oz.sputniknews.uz/20220719/eoii-va-indoneziya-erkin-savdo-zonasini-yaratish-boyicha-muzokaralar-otkazmoqchi-26325557.html
YeOII va Indoneziya erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi
YeOII va Indoneziya erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
YeOII va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlanishi mumkin. 19.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-19T15:40+0500
2022-07-19T15:40+0500
2023-04-05T18:38+0500
dunyoda
yeoii
indoneziya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0d/18309396_20:0:982:541_1920x0_80_0_0_37865d0fe1ea90e386520e5ef046e1e8.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralar tez orada boshlanishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Indoneziyadagi elchisi Lyudmila Vorobyova RIA Novostiga ma’lum qildi. “Bunday qaror allaqachon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan va bu amalga oshirilishi kerak. Umid qilamizki, bu jarayon yil oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Vorobyova.O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/0d/18309396_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_02b3f6afcc122c9b1bdeddcfb52aa7d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, yeoii, indoneziya, rossiya
dunyoda, yeoii, indoneziya, rossiya
YeOII va Indoneziya erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi
15:40 19.07.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) YeOII va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralar boshlanishi mumkin.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralar tez orada boshlanishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning Indoneziyadagi elchisi Lyudmila Vorobyova RIA Novostiga
ma’lum qildi. “Biz hozir YeOII va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha muzokaralarni boshlash arafasida ekanligimizni ta’kidlay olaman”, - dedi Rossiyaning Indoneziyadagi diplomatik missiyasi rahbari.
“Bunday qaror allaqachon Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Oliy kengashi tomonidan qabul qilingan va bu amalga oshirilishi kerak. Umid qilamizki, bu jarayon yil oxirigacha yo‘lga qo‘yiladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Vorobyova.
O‘zbekiston 2020-yil dekabr oyida YeOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014-yilda Rossiya, Belarus va Qozog‘iston o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015-yilda Armaniston va Qirg‘iziston a’zo bo‘lgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YeOIIning maqsadi — a’zo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va o‘zaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.