https://oz.sputniknews.uz/20220719/changli-havoda-allergik-kasalligi-bor-fuqarolarga-tashqariga-chiqmaslik-tavsiya-etildi-26328390.html
Changli havoda allergik kasalligi bor fuqarolarga tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi
Changli havoda allergik kasalligi bor fuqarolarga tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi
Sputnik O‘zbekiston
Xastaliklari bor bemorlar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim. 19.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-19T19:23+0500
2022-07-19T19:23+0500
2022-07-19T19:24+0500
jamiyat
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
chang bo‘roni
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1151/96/11519657_0:273:2671:1775_1920x0_80_0_0_082a2c030c5be205e0218d7a62d4dd63.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Mamlakatning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang-to‘zon hodisasi nafas yo‘llari xastaliklariga chalingan bemorlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday ob-havo sharoitida qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova tavsiyalar berdi.Mutaxassis qayd etishicha, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak.Tibbiy tavsiyalar:Ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.Tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda va tomoqda qichishish va qizarish, yo‘tal belgilari yuzaga kelgan fuqarolardan, tezda oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlari so‘raldi.Murojaat uchun raqamlari:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1151/96/11519657_0:22:2671:2025_1920x0_80_0_0_6018dce40281db6cd08be498968d1d36.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), chang bo‘roni
jamiyat, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv), chang bo‘roni
Changli havoda allergik kasalligi bor fuqarolarga tashqariga chiqmaslik tavsiya etildi
19:23 19.07.2022 (yangilandi: 19:24 19.07.2022) Xastaliklari bor bemorlar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Mamlakatning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang-to‘zon hodisasi nafas yo‘llari xastaliklariga chalingan bemorlar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday ob-havo sharoitida qanday yo‘l tutish kerakligi bo‘yicha tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova tavsiyalar
berdi. Mutaxassis qayd etishicha, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak.
“To‘zonli havo tarkibida o‘simlik changlari, zamburug‘ sporalari juda katta konsentratsiyada bo‘ladi. Shu bois xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozim”, deydi Ilmira Razikova.
Xona yoki inshootlarni nam latta bilan tozalab turish;
Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish;
Derazalarni yopiq holda saqlash;
Ko‘proq suv ichish, tez-tez dush qabul qilish;
Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvish.
Ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Tashqi muhitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda va tomoqda qichishish va qizarish, yo‘tal belgilari yuzaga kelgan fuqarolardan, tezda oilaviy shifokor punkti, oilaviy poliklinikalarga murojaat qilishlari so‘raldi.
Murojaat uchun raqamlari:
"1003" qisqa raqamli Sall-markazi.