https://oz.sputniknews.uz/20220719/banklar-orqali-naqd-pul-aylanmasi-364-foizga-oshdi-26327406.html
Banklar orqali naqd pul aylanmasi 36,4 foizga oshdi
Banklar orqali naqd pul aylanmasi 36,4 foizga oshdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 11,8 trln so‘m naqd pullar chiqardi. 19.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-19T17:46+0500
2022-07-19T17:46+0500
2022-07-19T17:46+0500
iqtisod
naqd pul
markaziy bank
bankomat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363519_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_1d6d5f2be84a60a97e37d51d601c9334.jpg
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 316,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqida Markaziy bank xabar berdi.Qayd etilishicha, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,4 foizga oshgan.Naqd pullar hajmi quyidagicha qayd etildi:Bank kassalariga jami naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,0 foizga oshdi.Savdo va xizmatlar sohasi tushumlarida 25,0 foiz (14,3 trln.so‘m) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 53,4 foiz (17,6 trln.so‘m) o‘sish ko‘rsatgichini qayd etdi.Natijada, jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 2,6 foizli bandga kamaydi.Savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 114,7 trln so‘mni tashkil qildi.Bank hisobraqamlariga quyidagicha kirim qilindi:Bank kassalaridan va bankomatlardan berilgan naqd pullar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,8 foizga (47,5 trln.so‘m) oshishi kuzatildi.Ushbu o‘sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 22,2 trln so‘mga (52,7 %) hamda banklar tomonidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun 13,6 trln so‘m (43,7%) oshishi hisobiga yuzaga keldi.Shuningdek, joriy yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80,6 foizga oshib, 229,2 trln so‘mni tashkil qildi.Ushbu davrda bank kartalaridagi 64,3 trln so‘mlik (28,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.Shundan, bankomatlar orqali 50,4 trln so‘mlik va bank kassalari orqali 13,9 trln so‘mlik naqd pullar yechilgan.1 iyul holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 25,6 foizni tashkil etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/05/24363519_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_5e7492dbb1c230dc9812711400941ee9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, naqd pul, markaziy bank, bankomat
iqtisod, naqd pul, markaziy bank, bankomat
Banklar orqali naqd pul aylanmasi 36,4 foizga oshdi
Markaziy bank joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 11,8 trln so‘m naqd pullar chiqardi.
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 316,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqida Markaziy bank xabar
berdi. Qayd etilishicha, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,4 foizga oshgan.
Naqd pullar hajmi quyidagicha qayd etildi:
Bank kassalariga naqd pul tushumlari -152,3 trln so‘m.
Chiqim qilingan naqd pullar -164,0 trln so‘m.
Bank kassalariga jami naqd pul tushumlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,0 foizga oshdi.
Savdo va xizmatlar sohasi tushumlarida 25,0 foiz (14,3 trln.so‘m) va bank xizmatlaridan naqd pul tushumlari 53,4 foiz (17,6 trln.so‘m) o‘sish ko‘rsatgichini qayd etdi.
Natijada, jami tushumlar tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan tushumlar ulushi 2,6 foizli bandga kamaydi.
Savdo va xizmatlar sohasidan jami tushumlar 114,7 trln so‘mni tashkil qildi.
Bank hisobraqamlariga quyidagicha kirim qilindi:
71,7 trln.so‘m naqd shaklda;
43 trln.so‘m terminallar orqali.
Bank kassalaridan va bankomatlardan berilgan naqd pullar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40,8 foizga (47,5 trln.so‘m) oshishi kuzatildi.
Ushbu o‘sishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 22,2 trln so‘mga (52,7 %) hamda banklar tomonidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun 13,6 trln so‘m (43,7%) oshishi hisobiga yuzaga keldi.
Shuningdek, joriy yilning birinchi yarim yilligida bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 80,6 foizga oshib, 229,2 trln so‘mni tashkil qildi.
Ushbu mablag‘larning 80,1 trln so‘mi - pensiya, nafaqa va ish xaqi to‘lovlari, 67,9 trln so‘mi - xalqaro pul o‘tkazmalar bo‘yicha va kartadan kartaga o‘tkazmalar, 47,1 trln so‘mi - naqd pulda va omonat hisobvaraqlardan bank kartalariga kirim qilingan mablag‘lar hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Ushbu davrda bank kartalaridagi 64,3 trln so‘mlik (28,1 foiz) mablag‘lar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.
Shundan, bankomatlar orqali 50,4 trln so‘mlik va bank kassalari orqali 13,9 trln so‘mlik naqd pullar yechilgan.
Markaziy bank joriy yilning 6 oyi mobaynida muomalaga qo‘shimcha 11,8 trln so‘m naqd pullar chiqardi.
1 iyul holatiga naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 25,6 foizni tashkil etdi.