“UzAuto Motors” “Tracker” avtomobillarini to‘liq turkumda ishlab chiqarishni boshladi – foto

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston, Xitoy va Braziliyadan keyin eksport bozorlarida eng talabgir “Chevrolet Tracker 2023” avtomobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan uchinchi mamlakatga aylangan.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 18 iyul kuni “UzAuto Motors” AJ Asaka shahridagi zavodida “Chevrolet Tracker 2023” avtomobilini ishlab chiqarishni boshladi.
“O‘zbekistonda birinchi marta krossoverlar to‘liq siklda ishlab chiqarila boshlandi”, - deyiladi kompaniya xabarida.
Avtomobillar sotuvi 30-avgustdan boshlanishi rejalashtirilgan, biroq uning narxi qancha bo‘lishi ochiqlanmagan. Birinchi bosqichda “Tracker” 3 ta asosiy: LS, LT va Premier komplektatsiyalarda ishlab chiqariladi.
Kompaniya xabariga ko‘ra, O‘zbekiston, Xitoy va Braziliyadan keyin eksport bozorlarida eng talabgir, Braziliya, Meksika va Filippinda eng ko‘p sotiladigan “Chevrolet Tracker 2023” avtomobilini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan uchinchi mamlakatga aylangan.
Avtomobilni GM GEM (General Motors Global Emerging Markets) platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu Asaka avtomobil zavodini modernizatsiya qilish va mahalliy yetkazib beruvchi hamkorlar tomonidan ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan sarmoyalar tufayli amalga oshirildi. Investitsiyalarning umumiy hajmi 620 million dollardan ortiq.
Bu bosqichda platformaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 80 ming dona “Tracker” avtomobilini tashkil etadi.
Ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida Asaka zavodida lazer va plazmali payvandlash, kuzovni lazer bilan o‘lchash kabi yangi texnologiyalar o‘zlashtirilgan, shuningdek, zavod va butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarda ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, “UzAuto Motors Powertrain” zavodida “Tracker”ni jihozlashda foydalaniladigan zamonaviy va tejamkor 1,2 hajmli, uch silindrli CSS Primeturbodvigatellarni ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Yangi dvigatel Xitoydan olib kelinadigan 125 ot kuchiga ega “Tracker”avtomobillari dvigatelidan kuchliroqdir. Yangi “Tracker” quvvati 132 ot kuchiga ega.
Ta’kidlanishicha, mahalliylashtirish darajasini yanada oshirish maqsadida ayni paytda yangi zavodlar qurish va plastik yonilg‘i baklari, rul kamarlari, rezina qistirmalari, quyma temir qismlari, issiq shtamplash qismlari va boshqa butlovchi qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy etish dasturi faol amalga oshirilmoqda.
© Sputnik
UzAuto Motors nachala seriynoe proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik O‘zbekiston
1/10
© Sputnik
UzAuto Motors nachala seriynoe proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik O‘zbekiston
2/10
© Foto : UzAuto Motors
V Uzbekistane startovalo proizvodstvo polnogo sikla avtomobilya Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik O‘zbekiston
3/10
4/10
5/10
6/10
7/10
8/10
9/10
10/10

“Chevrolet Tracker 2023”ning ayrim xususiyatlari

- 1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 97 kV quvvatga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prim turbomotor;
- 6-pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
- aralash silkda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6,9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo‘lda harakatlanish- 5,6 l/100 km;
- xavfsizlikni ta’minlash tizimi (past tezlikda avtomatik tormozlash, ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlash, oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantiruvchi signalizatsiya, yarimavtomat (parallel) to‘xtash tizimi;
- haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (Klimat kontrol);
- kruiz-kontrol;
- kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
- elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i;
- eko-charmdan o‘rindiqlar qoplamalari;
- simsiz quvvatlash;
- to‘liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar.
Yangiliklar lentasi
0