Ukrainadagi AQSh biolaboratoriyalari ataylab tegishli ravishda himoyalanmagan bo‘lgan – Yarovaya

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPreduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii.
Preduprejdayushaya tablichka na dveri laboratorii imeni Richarda Lugara v Gruzii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Davlat dumasi raisi o‘rinbosari Ukraina hududida Pentagon nazoratida bo‘lgan biolaboratoriyalarda xavfsizlik mezonlariga rioya qilinmaganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Ukrainadagi AQSh biolaboratoriyalari xavfsizlik mezonlariga mos kelmagan, ehtimol, bu aholi ustidan “jonli tadqiqot” o‘tkazish uchun ataylab qilingan bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi o‘rinbosari, Ukraina hududidagi Amerika biolaboratoriyalari faoliyatini tekshirish bo‘yicha parlament komissiyasi hamraisi Irina Yarova ma’lum qildi.
“Parlament komissiyasi bugun dadil sifatida Ukraina hududida Pentagon nazoratida bo‘lgan biolaboratoriyalarda xavfsizlik mezonlariga rioya qilinmaganini keltirishi mumkin”, - dedi u.
Yarovayaning ta’kidlashicha, laboratoriyalar Ukraina fuqarolari, umuman butun dunyo uchun ulkan xavf keltirib chiqaradi. Shuningdek, laboroatoriyalarda nafaqat xavfli viruslar, patogenlar bilan ishlar olib borilgan, balki ma’lumotlar sizib chiqishi holati kuzatilgan.
"Shu sababli Ukrainada epidemiya ko‘paygan bo‘lishi ham mumkin. Ehtimol, ushbu laboratoriyalarni yaratganlar ularning tegishli darajada himoyalanmaganidan nafaqat korrupsion jihatlardan, balki u yerda jonli tajribalar o‘tkazish - aholining qanday munosabat bildirishi, o‘lim holati va oqibatlari qanday bo‘lishidan manfaatdor bo‘lishgan”, - deydi Irina Yarova.
Lavrov: AQShning Ukrainadagi laboratoriyalar tinchlik yo‘lida bo‘lganini tasdiqlovchi dalili yo‘q
Yangiliklar lentasi
0