Saudiya Arabistoniga borgan Bayden masxarabozga qiyoslandi

© AP Photo / Evan VucciPrezident SShA Djo Bayden, arxivnoe foto
Prezident SShA Djo Bayden, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna bo‘lish
Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan Bayden ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining g‘azabiga duchor bo‘ldi.
TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. “Fox News” telekanali tomoshabinlari AQSh prezidenti Jo Baydenning Saudiya Arabistoniga tashrifi natijalariga shubha bilan qarashdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Telekanal o‘zi “e’tibordan chetda qolgan davlat” deb atagan qirollikka tashrif buyurgan AQSh rahbari, avvalroq, saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchining “qotili” deb atagan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon Al Saud bilan qanday uchrashgani haqida hikoya qilgan.
Shu bilan birga, Bayden Ar-Riyoddan neft qazib olishni ko‘paytirishni so‘raganini tasdiqlagan.
“Jo Bayden o‘z prezidentligining yana bir halokatli haftasini yanada g‘alati noto‘g‘ri qadamlar, yanada muvaffaqiyatsiz siyosatlar va yanada dahshatli iqtisodiy ma’lumotlar bilan yakunlamoqda”, degan telekanal boshlovchisi Shon Xenniti.
Kanal sujeti izohlarda o‘quvchilarning faol reaksiyasini keltirib chiqargan.
“Saudiyaliklar Brendon (Baydenning laqabi) va uning naqadar ojizligi ustidan kulishmoqda”, - deydi foydalanuvchi Mic Ken.
“Saudiyaliklar bu masxarabozning ustidan kulishdi, u u yerga neft so‘ragani borib, bu buyuk davlatni (AQSh) sharmanda qilishga qanday jur’at etdi... Achinarli!” - deb yozgan Shawn O.
“Iltimos, bu ahmoqqa uyini tark etishiga boshqa yo‘l qo‘ymang, u bizning mamlakatimiz uchun halokatli korrupsion sharmanda”, - deb talab qilgan Time's up.
“Men Amerika Qo‘shma Shtatlari uchun (neft) ta’minotini oshirishga qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman”. Haqiqatanmi? U to‘g‘ridan-to‘g‘ri oyog‘imiz ostida”, - degan DrHarryT.
“O‘z pulingizni AQShda mavjud bo‘lgan narsaga sarflash... Ajoyib”, - deb istehzo qilgan Vicki Mcintyre.
“Bu mutlaqo sharmandalik”, - deb xulosa qilgan Jay Miner.
AQShda yoqilg‘i narxi joriy yilning mart oyida rekord darajaga yetdi va may oyida o‘zining tarixiy maksimal darajasini yangiladi. Iyun oyida bir gallon benzin narxi besh dollardan oshdi. O‘tgan yilning yanvar oyida Jo Bayden endigina mamlakat prezidenti lavozimini egallaganida, bu ko‘rsatkich bir gallon uchun 2,38 dollarni tashkil qilgan.
Yangiliklar lentasi
0