Osiyo kubogi-2023 musobaqasi mezbonligi uchun 4 ta davlat ariza berdi

© Press-slujba AFUKubok Azii po futbolu
Kubok Azii po futbolu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna bo‘lish
Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo kubogini o‘z maydonlarida o‘tkazish taklifini bergan.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Osiyo Kubogi—2023 musobaqasi mezbonligi uchun 4 ta mamlakat taklif kiritdi. Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) rasmiy saytida ma’lum qildi.
Avstraliya, Indoneziya, Janubiy Koreya va Qatar Osiyo kubogini o‘z maydonlarida o‘tkazish taklifini bergan. Osiyo kubogi-2023 ga mezbonlik qilish bo‘yicha hujjatlarni taqdim etish 17-iyundan boshlab 31-avgustga qadar davom etadi.
2022 yil 17-oktabr sanasida OFK Ijroiya qo‘mitasi 24 jamoa ishtirok etadigan musobaqa mezboni nomi e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Osiyo kubogi—2023 musobaqasi Xitoyda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan edi. Ammo mamlakatdagi COVID-19 pandemiyasi sabab Xitoy uni o‘tkazishdan bosh tortgan. Musobaqa 2023-yilning 16-iyundan 16-iyuliga qadar davom etadi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi muddatidan ilgari 2023-yilda futbol bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga yo‘llanma olgan. O‘zbekiston ketma-ket 8-marta Osiyo kubogida ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0