Jazirama sabab O‘zbekistonda barcha poyezdlarning tezligiga cheklov o‘rnatildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAfrosiab
Afrosiab - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.07.2022
Obuna bo‘lish
Mamlakatda anomal issiq ob-havo kuzatilayotgani sababli poyezdlarning tezligiga cheklovlar kiritilmoqda.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistondagi anomal issiq ob-havo sabab barcha turdagi (yuk va yo‘lovchi) poyezdlar tezligiga cheklovlar kiritilmoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Bu bilan poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsad qilingan.
"Shu tufayli yo‘lovchi poyezdlarning harakat jadvalida, ayniqsa jo‘nash hamda manziliga yetib borish vaqtlarida o‘zgarish bo‘lyapti", - deyilgan xabarda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ yo‘lovchilardan bunday vaziyatni to‘g‘ri tushunishlari, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma’lumotlar burosidan bilib olish mumkin
Ma’lumot uchun, 17-22 iyul kunlari O‘zbekistonda havo harorati +44...+47 darajagacha ko‘tariladi. O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatovning yozishicha, Toshkent viloyati uchun +45 darajalik issiq harorat kutilmasi bu mutlaq rekord issiqlik qiymatidir.
Yangiliklar lentasi
0