https://oz.sputniknews.uz/20220718/ipoteka-kreditini-ajratishda-qoyiladigan-talablar-engillashtirilishi-kutilmoqda-26302591.html
Ipoteka kreditini ajratishda qo‘yiladigan talablar yengillashtirilishi kutilmoqda
Ipoteka kreditini ajratishda qo‘yiladigan talablar yengillashtirilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasi oshiriladi. 18.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-18T19:09+0500
2022-07-18T19:09+0500
2022-07-18T19:09+0500
iqtisod
ipoteka
kredit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0b/21750658_388:239:1920:1101_1920x0_80_0_0_95faa0dc5c26e17b9ed0fe78236b43ac.jpg
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan talablar yengillashtiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli qaror loyihasini kiritishni topshirdi.Davlat rahbari navbatdagi yig‘ilishda aholini qiynayotgan uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tdi.Ta’kidlanishicha, uch yil avval aholini uy-joy bilanta’minlash bo‘yicha bozor tamoyillariga asoslangan yangi ipoteka tizimi joriy etilgan.Natijada o‘tgan besh oyda ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravarga oshib, 310 mingdan ziyod oila shaxsiy uy-joyga ega bo‘ldi. Uy-joy qurilish hajmi ham 3 baravar oshdi.Shu o‘rinda, joriy yilda asosiy stavka oshganiga qaramay, ipoteka kreditlari bo‘yicha banklarga ajratiladigan resurs stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi.Natijada shu yilning besh oyida 30 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p fuqarolarga imtiyozli ipoteka krediti ajratildi.Lekin, ipoteka kreditlarining cheklangan hajmi va subsidiya ajratishda burokratiya bo‘yicha aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda.Shuning uchun mutasaddilarga 1-sentabrdan boshlab:Mutasaddilar oldiga ikki hafta muddatda subsidiya ajratishda burokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/0b/21750658_764:247:1903:1101_1920x0_80_0_0_2b93ac34e4dc4ebd3eaa01b55f2485f6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, ipoteka, kredit
Ipoteka kreditini ajratishda qo‘yiladigan talablar yengillashtirilishi kutilmoqda
Aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasi oshiriladi.
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan talablar yengillashtiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli qaror loyihasini
kiritishni topshirdi. Davlat rahbari navbatdagi yig‘ilishda aholini qiynayotgan uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlanishicha, uch yil avval aholini uy-joy bilanta’minlash bo‘yicha bozor tamoyillariga asoslangan yangi ipoteka tizimi joriy etilgan.
Natijada o‘tgan besh oyda ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravarga oshib, 310 mingdan ziyod oila shaxsiy uy-joyga ega bo‘ldi. Uy-joy qurilish hajmi ham 3 baravar oshdi.
Shu o‘rinda, joriy yilda asosiy stavka oshganiga qaramay, ipoteka kreditlari bo‘yicha banklarga ajratiladigan resurs stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi.
Natijada shu yilning besh oyida 30 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p fuqarolarga imtiyozli ipoteka krediti ajratildi.
Lekin, ipoteka kreditlarining cheklangan hajmi va subsidiya ajratishda burokratiya bo‘yicha aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda.
Shuning uchun mutasaddilarga 1-sentabrdan boshlab:
aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasini oshirish;
ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan talablarni yengillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
Mutasaddilar oldiga ikki hafta muddatda subsidiya ajratishda burokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.