https://oz.sputniknews.uz/20220718/germaniya-26292972.html
Germaniya Rossiya gazisiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aytildi
Germaniya Rossiya gazisiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aytildi
Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada gaz bilan bog‘liq muammo 2024-yilgacha davom etishi mumkin. 18.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-18T16:01+0500
2022-07-18T16:01+0500
2022-07-18T16:01+0500
dunyoda
germaniya
gaz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/964/18/9641887_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_63de5cb8480b0b8d5630a2fc312149f5.jpg
TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Germaniya hukumati gaz taqchilligi joriy qishda mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda vaziyatlarga olib kelishi va gaz bilan bog‘liq muammo Germaniyada 2024-yilgacha davom etishidan, bu esa, o‘z navbatida, gaz narxining uch baravar oshishiga olib kelishidan xavotirda. Bu haqda “Bild” tabloidi yozmoqda. Unga ko‘ra, joriy yilning 14-iyul kuni Germaniya kansleri idorasi rahbari Volfgang Shmidt davlat ma’muriyatlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan va unda gaz inqirozi muhokama qilingan.Ta’kidlanishicha, gaz tanqisligi tufayli yuzaga kelgan favqulodda holat butun Germaniya hududiga ta’sir qilmasa ham, alohida federal yerlarga ta’sir qilishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, gaz muammosi Germaniyada 2024-yilgacha davom etadi. Federal hukumat gaz narxi ikki yoki uch baravar oshishini kutmoqda, hukumat narxlarning oshishini to‘liq yumshata olmaydi, bu esa fuqarolarning cho‘ntagiga ta’sir qiladi, deb yozmoqda nashr.Federal tarmoq agentligi rahbari Klaus Mullerga ko‘ra, Germaniya gaz omborlarining to‘ldirilganlik darajasi qish mavsumini Rossiya gazisiz o‘tkazish uchun yetarli emas. Shu bilan birga, u hech qanday ssenariy bo‘yicha Germaniya gazsiz qolmasligini ta’kidlagan.Yevropaga “Shimoliy oqim” bo‘yicha gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildiEslatib o‘tamiz, Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabekning Rossiya gazini LNG yetkazib berish bilan almashtirish rejasi barbod bo‘lgani xabar qilingan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/964/18/9641887_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_6058eedae2414fe8b06f5ea28d4da7c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, germaniya, gaz
Germaniya Rossiya gazisiz qanday qiyinchiliklarga duch kelishi aytildi
Germaniyada gaz bilan bog‘liq muammo 2024-yilgacha davom etishi mumkin.
TOShKENT, 18-iyul – Sputnik. Germaniya hukumati gaz taqchilligi joriy qishda mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda vaziyatlarga olib kelishi va gaz bilan bog‘liq muammo Germaniyada 2024-yilgacha davom etishidan, bu esa, o‘z navbatida, gaz narxining uch baravar oshishiga olib kelishidan xavotirda. Bu haqda “Bild” tabloidi
yozmoqda. Unga ko‘ra, joriy yilning 14-iyul kuni Germaniya kansleri idorasi rahbari Volfgang Shmidt davlat ma’muriyatlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazgan va unda gaz inqirozi muhokama qilingan.
“Bild” ma’lumotlariga ko‘ra, federal hukumat qishda hududlarda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishini kutmoqda”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, gaz tanqisligi tufayli yuzaga kelgan favqulodda holat butun Germaniya hududiga ta’sir qilmasa ham, alohida federal yerlarga ta’sir qilishi mumkin. Nashrning qayd etishicha, gaz muammosi Germaniyada 2024-yilgacha davom etadi. Federal hukumat gaz narxi ikki yoki uch baravar oshishini kutmoqda, hukumat narxlarning oshishini to‘liq yumshata olmaydi, bu esa fuqarolarning cho‘ntagiga ta’sir qiladi, deb yozmoqda nashr.
Federal tarmoq agentligi rahbari Klaus Mullerga ko‘ra, Germaniya gaz omborlarining to‘ldirilganlik darajasi qish mavsumini Rossiya gazisiz o‘tkazish uchun yetarli emas. Shu bilan birga, u hech qanday ssenariy bo‘yicha Germaniya gazsiz qolmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya vitse-kansleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabekning Rossiya gazini LNG yetkazib berish bilan almashtirish rejasi barbod bo‘lgani
xabar qilingan edi.